...

...


O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi” ning 31 va 35-moddalariga va “Davlat yer kadastri to‘g‘risida” gi Qonunga asosan Yer uchastkalariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi, ularni ijaraga olgan, shuningdek mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalariga bo‘lgan o‘z huquqini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim ekanligi ko'rsatib o'tilgan.

O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeks”ning 681 –moddasiga asosan, Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik, —fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.                          

Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tizimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yer inspektorlari tomonidan joriy yilning  4 iyun holatiga ko'ra, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 681 –moddasiga asosan 1214 ta holatda jismoniy shaxslarga 299 mln. 96 ming so‘mlik jarimalar qo‘llanildi.

Joriy yilning 4 iyun holatida 176 mln. 953 ming so‘m miqdoridagi jarimalar undirildi, qolgan 305 ta holatdagi jarimalarni undirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, jarimalar 15 kundan kechiktirmay to'langanda jarimalar 30 foizga kamaytirib hisoblanadi.

Report Page