...

...


Qashqadaryoda besh oy mobaynida qancha ko'chmas mulk davlat ro'yxatidan o'tkazilgani ma'lum qilindi. 

"Qashqadaryoda oxirgi 5 oy davomida 13030 ta yer uchastkalari va ko‘chmas mulk obyektlari hamda ko‘chmas mulkka oid tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo'yicha murojaatlar kelib tushgan. 

Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Ubaydullo Ahmedov jurnalist, blogerlar ishtirokida o'tayotgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.


Ta'kidlanishicha, boshqarma tomonidan jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan.

 5386 ta yakka tartibdagi turar joylar,

 1930 ta ko‘p qavatli uylarda joylashgan xonadonlar,

1708 ta  yakka tartibdagi turar joy qurish uchun berilgan yer uchastkalar,

1165 ta  noturar joy bino inshootlari,

1708 ta noturar joy ob’yektlarini qurish uchun yer uchastkalari


Yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan

6 ta yakka tartibdagi turar joylar,

33 ta ko‘p qavatli uylarda joylashgan xonadonlar,

977 ta  noturar joy bino inshootlari,

50 ta noturar joy obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari va 1102 ta ko‘chmas mulkka oid tuzilgan ipoteka hamda 185 ta ijara shartnomalari davlat ro‘yxatidano‘tkazilgan.

"Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan yer uchastkalari, ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr pasporti tayyorlash to‘g‘risida murojaatlar faqat joylardagi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz sayti orqali yuboriladi.

Yer uchastkalari va ko‘chmas mulk obyektlari hamda ko‘chmas mulkka oid tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini amalga oshirishda shaffof mexanizmi “Davreestr pro2” dasturidan foydalanib kelinmoqda" dedi boshqarma boshlig'i o'rinbosari Ubaydullo Ahmedov.

Report Page