Nodirabegim nomidagi Namangan viloyat axborot kutubxona markazi “Kitobxonlar klubi” o`qish zalida “Bilimdon” klubi a`zolari ishtirokida “Mutolaa - ma’naviyat quyoshi” mavzusida davra suhbati axboroti    

Nodirabegim nomidagi Namangan viloyat axborot kutubxona markazi “Kitobxonlar klubi” o`qish zalida “Bilimdon” klubi a`zolari ishtirokida “Mutolaa - ma’naviyat quyoshi” mavzusida davra suhbati axboroti    



Nodirabegim nomidagi Namangan viloyat axborot kutubxona markazi “Kitobxonlar klubi”  zalida 2022 yilning 3-iyun kuni “Bilimdon” klubi a`zolari ishtirokida “Mutolaa - ma’naviyat quyoshi” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi Davra suhbatini Axborot-bibliografiya hizmati bosh bibliografi O. Eraliyeva ochdi. U so`zida “Mutolaa” so'zi arabcha “o'qish” degan ma'noga ega bo'lsa-da, bugungi kunda u kitob o'qishdan ko'ra kengroq tushunchani anglatmoqda. O‘qish madaniyati - juda keng qamrovli tushuncha bo'lib, kitobga qiziqish va uni sevish, adabiyot bilan kengroq tanishishni, kitob va u bilan ishlash haqidagi maxsus bilimlarga ega bo'lishni, shuningdek, kitobdan to'la ravishda foydalanishga yordam beruvchi ko'nikma va malakaga ega bo'lishni taqozo etishi haqida to`xtalib o`tdi.


            Davra suxbati ishtirokchisi Namangan Davlat Universiteti III-bosqich talabasi Dilshoda Sayramova mutolaa madaniyati haqida o`z fikrini bayon etdi. U ayniqsa Kitobxonlik - bu insonning o'z ustida ishlashi, faoliyatini ma'lum yo‘nalishga burib yuborish, ongida ma'lum tuyg’ularni, e'tiqod va dunyoqarashni hosil qilish, uni o'ylashga, hayotda qanday yashashga o'rgatish, fikr yuritish, yozuvchining insonparvarlik, axloqiy, estetik, badiiy, fuqarolik nuqtai nazarini bilib olish, uning ma'naviy o'gitlarini ilg'ab olish va bular asosida o'z hayot yo'li dasturini belgilash, yozuvchi bilan munozaraga kirishish, har bir o'qigan kitobidan yangilik topish, ma'naviy dunyosini boyitishdan iboratdir deb so`zini yakunladi. “Bilimdon” klubi a`zolaridan Linskaya Yuliya Igorevna, NamDU talabasi O`rinboyeva Zarifa, Isomiddinova Yulduzxon, Doliboyevlar mutolaa madaniyati haqida o`z fikrlarini bayon etdilar. Davra suxbatida 20 nafar o`quvchi yoshlar ishtirok etdilar.

@NAMANGANAKM



Report Page