...

...


Kitobda pilla o'g'rilari qo'lga olindi

Kitob tumanida Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Joriy yilning 25 may kuni tungi soat 23:00 da Kitob tumani “Beshterak” MFY hududidagi “Mash’al” blok postida o‘tkazilgan ushbu tadbirda davlat raqami 70 X 659 RA bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilgan va uning salonidan 7 ta qopda umumiy hajmi 83 kg bo‘lgan pilla mahsuloti borligi aniqlandi.


Olib borilgan dastlabki o‘rganishlar davomida ushbu avtomabil haydovchisi Qamashi tumanida yashovchi fuqaro N.Sh. ekanligi ma’lum bo‘lgan.


Hozirda holat yuzasidan Kitob tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Report Page