...

...


Dam olish kunlari havo juda issiq bo‘ladi

O‘zbekiston hududiga kechadan boshlab Eron hududlaridan juda iliq havo kirib kelishi boshlandi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.


Ushbu hodisa sabab 29—30 may kunlari iliq havo kirib kelishi kuchayadi, juda issiq ob-havo O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi. Havo harorati 36-39 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 40-42 darajagacha ko‘tariladi.


Mamlakat bo‘ylab, asosan, kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat tog‘li hududlarda kunning ikkinchi yarmida konvektiv bulutlilik rivojlanishi bilan ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Report Page