...

...


Prezident Moliya vaziri va Markaziy bank raisi o‘rinbosariga shaxsan barcha hududlarga chiqib, aholiga subsidiya berish tartibini tushuntirish haqida topshiriq berdi.

Bugungi kunga qadar boshlang‘ich badal uchun subsidiya so‘ragan 27,5 mingta murojaat bo‘yicha, faqatgina 4 mingta arizaga ijobiy xulosa berilgan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev videoselektor davomida ma’lum qildi.

«Hozirda 5,5 mingta ariza rad etilgan, 18 mingtasi o‘rganilmoqda.

Sababi, uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lashning amaldagi tartib bo‘yicha arizani ko‘rib chiqishga 25 kungacha vaqt ketadi.

Qo‘chqorov, Ishmetov, Davletov ikki hafta muddatda subsidiya bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatini 10 kundan 3 kungacha, kelishiladigan tashkilotlarni 9 tadan 5 taga qisqartirsin», — dedi Prezident.

Shuningdek, moliya vaziri Temur Ishmetov va Markaziy bank raisi o‘rinbosari Ayubxon Kamolovga bir oy ichida barcha hududlarga shaxsan chiqib, aholiga subsidiya berish tartibini tushuntirish va bu bilan bog‘liq muammolarni joyida hal qilish topshirig‘i berildi.

Yig‘ilish davomida aytilishicha, shu vaqtga qadar 73 milliard so‘m yoki 8 foiz subsidiya berilgan, xolos.

Murojaat uz telegram kanali

Report Page