...

...


Dehqonobod hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. Avvalgi o'rinbosar Prezident tanqididan so'ng ishdan olingan edi

Tuman hokimi Zoir Aliqulovga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. Dehqonobod tuman hokimligi Axborot xizmatiga ko'ra, mazkur lavozimga 2018 yildan beri tuman Moliya bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajarib kelgan Ulug‘bek Usmonov munosib ko‘rilgan.


Ulug‘bek Usmonov 1982 yil Deqonobod tumanida tug‘ilgan bo‘lib, 2004 yil Qarshi davlat universitetini, 2015 yil O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. 


U mehnat faoliyati davomida OAJ “Toshkent fuqaro inshoatlari va suv ta’minoti distansiyasi”da, Dehqonobod tumani mudofaa ishlari bo‘limida, tuman moliya bo‘limida, Dehqonobod tuman hokimligi moliya bo‘limi byudjet ijrosi hisobi va hisoboti sektori mudiri-bosh hisobchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Eslatib o‘tamiz, Ulug‘ubek Usmonovdan oldin mazkur vazifani Abdumajid Eshatov bajargan bo‘lib, u Prezident tanqidiga uchrab vazifasidan olingan edi.

Murojaat uz telegram kanali

Report Page