...

...


Oqar suvga kanalizasiya suvlarini oqizgan fuqaro jarimaga tortildi

Surxondaryoda oqar suvga kanalizasiya suvlarini oqizgan fuqaro jarimaga tortildi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston xabar bermoqda.


Ma’lum bo‘lishicha, Denov tuman inspeksiyasi xodimlari o‘tkazgan tekshiruvga ko‘ra, 21 may kuni Denov tumanida “Namuna” mahallasida yashovchi fuqaro M.E tomonidan boshqaruvida bo‘lgan maxsus transporti yordamida mahalla hudududa joylashgan jome masjididan chiqqan chiqindi suvlarni Denov tumandan oqib o‘tuvchi Sangardak daryosi qirg‘og‘iga joylashtirganligi aniqlandi.

Huquqbuzar M.E.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, MJtKning 72-moddasi 1-qismi bilan ba’zaviy hisoblash miqdorining 4 baravar miqdorida jarimaga tortildi.

Murojaat uz telegram kanali

Report Page