...

...


Qashqadaryoda "Komplaens-nazorat" bo'limiga xodimlarni tanlab olish maqsadida test sinovlari o'tkazilmoqda

Kadastr Agentligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens-nazorat” bo‘limi vakant lavozimlari uchun tanlov e'lon qilgan edi. 

Ayni kunlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish va “komplaens-nazorat” bo‘limiga xodimlarni tanlab olish maqsadidagi test sinovlari Respublikaning barcha viloyatida reja asosida o'tkazib kelinmoqda. 

Bugun Qashqadaryo viloyatida Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari palatasi Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlari boshqarmalarining komplaens-nazorat bo‘limlariga ham xodimlarni tanlab olish maqsadidagi test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

Baxtiyor Shomansurov
"Test sinovida nomzodlarning korrupsiyaga qarshi kurshashining huquqiy asoslari, korrupsion xavf-xatarlarni aniqlash, davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalari, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan davlat siyosati, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar va respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy-huquqiy islohotlar borasidagi bilimlari sinovdan o‘tkaziladi" deydi Baxtiyor Shomansurov Kadastr agentligi Komlaens nazorat bo'limi boshlig'i.

Eslatib o'tamiz, test natijalari Kadastr agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.




Report Page