...

...


Qashqadaryoda mirishkorlik pillakorlar birinchilardan bo‘lib, pilla rejasini bajarishdi.

Bu haqda Murojaat uz telegram kanaliga tuman hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

Aziz Yazdurdiyev tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, joriy yilda Mirishkordagi 323 nafar kasanachi va 879 nafar zvenochilar 1145 quti pilla qurtini parvarishlab, xomashyo qabul qilish maskaniga rejadagi 64 tonna yuqori sifatli pillani yetkazib berishgan.

Pilla tayyorlash reja-majburiyatini tumanda birinchi boʻlib, «Avazchoʻl», «Avtonomov», «Oltin boshoq», «Mirishkor», «Chandir», «R. Gʻoyibov», «S. Murodov» massivlaridagi fermer xoʻjaliklari jamoalari va oilaviy zvenolari ado etishdi.

"«Safar ota», «Fam», «Nurboboyev Elbek», «Burdolik» va «Zoyirshox lider» kabi oʻnlab ilgʻor fermer xoʻjaliklari va Otayeva Farogʻat, Tosheva Gulsum, Rajabov Nafas, Usmonova Gulchehra, Xolmaxmedova Kenjamurod, Rajabova Gulbi va Egamberdiyeva Dilbar yetakchiligidagi ilgʻor zvenolar jamoalari har quti pilla urugʻidan 70-80 kilogrammdan oshirib yuqori sifatli hosil koʻtarishga muvaffaq boʻldi" dedi Aziz Yazdurdiyev Murojaat uz muxbiri bilan bo'lgan suhbatda.


Report Page