...

...


O'zbekiston Turkmaniston bahsiga muhlislar va jurnalistlar kiritilmaydi.

Xabaringiz bor, Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi hal qiluvchi o‘yinlar oldidan yig‘in o‘tkazmoqda.

Bugun, 26 may kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi safar oldidan Turkmaniston terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazadi. 

O‘yin Turkmaniston tarafning talabiga binoan barcha uchun to‘liq yopiq tarzda bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvga faqat ikki terma jamoa rasmiylari kiritiladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘yinga faqatgina ikki milliy jamoa rasmiylari kiritiladi. Uchrashuvning vaqti va qaysi stadionda o‘tkazilishi haqida ma’lumot berilmagan.


O‘zbekiston milliy jamoasi 29 may kuni Dubayda Avstraliya milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, 1 iyun kuni Saudiya Arabistoniga yetib boradi.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida JCh-2022 hamda OK-2023 qo‘shma saralash bahslari doirasida Saudiya Arabistonida markazlashgan turnir bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston milliy jamoasi Singapur, Yaman va Saudiya Arabistoni jamoalariga qarshi o‘yinlarda keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Ushbu o‘yinlarning boshlanish vaqtlari hamda qabul qiladigan stadionlar bilan tanishing. O‘yinlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan:

JCh-2022 saralash bosqichi. D guruhi

7 iyun. O‘zbekiston – Singapur. 23:00

11 iyun. Yaman – O‘zbekiston. 23:00

15 iyun. Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston. 23:00.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi 5 o‘yindan keyin guruhda Saudiya Arabistondan keyingi 2-o‘rinda bormoqda. Vadim Abramov shogirdlari hisobida 9 ochko mavjud.

Murojaat uz telegram kanali

Report Page