...
Qashqadaryo daryosi o‘zanidan noqonuniy qum-shag‘al qazib olganlar ushlandi.
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida Qashqadaryo daryosi o‘zanidan o‘zboshimchalik bilan qum-shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi. Deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Ta'kidlanishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qamashi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, fuqaro D.B. Qashqadaryo daryosining Qamashi tumani hududidan oqib o‘tuvchi o‘zanidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda 135 mln so‘mlik jami 7,2 ming m-3 qum-shag‘al aralashmalarini qazib olib sotgani aniqlangan.
Ma'lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (haqiqiy yoki faraz qilingan huquqlarni o‘zboshimchalik bilan amalga oshirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Murojaat uz telegram kanali