***

***

. Гулмира


Xuddi qaytib kelmasday qushlar,

Xuddi umrim dunyoga tushday,

Ich-u tashim birday, boʻm-boʻshday

Koʻzimda, ruhimda xavotir.


Hayot degan dengizda tundir,

Men bir kema, osmon quyundir,

Oʻzim aro choʻkyapti kimdir,

Koʻzimda, ruhimda xavotir


Xuddi muzlik aro jim yayov,

Borayapman, nigohim qirov,

Tushun, boshdan oyogʻim olov,

Koʻzimda, ruhimda xavotir.


Ortdan quvgan oʻtmish—yalmogʻiz,

Oldindagi fursat—dev, yolgʻiz,

Olib qochgan qushim—chanqovuz,

Koʻzimda, ruhimda xavotir.


Bizni kutgan bemor shoh oʻgʻli,

Zulmat bilan zarrin moh oʻgʻli,

Dunyodayin mangu choh oʻgʻli,

Nedan xabar berar asotir,

Koʻzingda,

Ruhingda

Xavotir?

Gulmira Abdiraimova

Report Page