***

***

. Гулмира


Bu idish alomat idishdir,

Guldurab

soʻzlashni

biladi!

Olam-u odamga hayqirib,

Oʻz qadrin koʻzlashni biladi!


Uqmagan narsam yoʻq deganday,

"Aql"ini qiladi namoyish:

"Ey, sen,

Men borligim uchun ham,

Topyapsan

osoyish,

oroyish!"


Anglarday toʻlmoqlik asrorin,

Kimsani nazarga ilmaydi.

Faqat u,

oʻzining

ichida,

Hech narsa

yoʻqligin

bilmaydi!


Bu idish—juda ham alomat!

Gulmira Abdiraimova

Report Page