...

...

Amy

Chinor romanini óqiyotgandim. Bilmadim sal ta'sirli joyida yig'lashni boshladim. Har doimgidek... Ózi shunaqaman, kitob yig'latadi meni odam emas... Syujetdagi holat uchun yig'layotganmidim? Yóq, u uchun emas....

Yolg'izlikni bir vaqtda ham xohlab, ham undan qórqib bóladimi hech? Man eng qórqqanim shu yolgizlik. Balki shu uchun yiĝlagandirman.. Dugonam bor bitta shuni juda soĝindim, hamma dardimni, óy xayollarimni unga qórqmasdan bemalol aytardim. Ósha dugonamni soĝindim .. Óylab qarasam undan boshqa dardkashim yóq ekanku, shunga yiĝlayotgandirman... Rostiyamda hech kim undak bólolganimas, hamma boshqa dugonalarim bilan undak gaplasholmayman, bemalol ozilib yozilib, kulib, yiĝlab ..

Ojiz kórinishdan qórqaman. Har doim sovuqqon kórinishga harakat qilaman, xuddi menga his tuyĝu degani begonadek .. Aslida unday emasku... Hech qachon boshqalar oldida kóz yosh qilmaslikka harakat qilsamam, ózim yiĝlashni baqirib dodlab yiĝlashni xohlayman. Jinnimi bu desalar ham mayli. Qachongacha atrofdagilar nima deydi degan fikr bilan yashayman,? Ojiz kórinishni xohlamasligimni sababi ham aynan ojizligimdir balki? Yakkalanib qolishdan, óz fikrimni, hislarimni ochiq aytishdan qórqaman. Buniyam sababi odamlar nima deydi... Qachon shu ahmoqona prinsipdan qutulaman? Qattiq charchadim.. Boshqalarning kóngliga qarab ôzimniki qarovsiz qolib ketganov... 

Fikrlarim chalkash ..

Aslida romanlardagi hayot ta'siridaman... Hayotda shu paytgacha zarracha qiyinchilik kórmaganman... hamma narsam bor ming shukr, juda ham farovon bólmasada tinch hayotim bor... nega shunga shukr qilmayman? Nega doim bunaqa bôlishini xohlaganman deyman? Nega yaqinlarimni ranjitaman? Aslida ularsiz hech kimmanku... Katta shaharda bir ózim ólaqolsamam yasholmasam kk har doim oldimda kimdir mani himoya qilishiga órganib qolganman...

Mana hozir óqiyapman.. Kimsan SamDU degan joyda yana grantda... xósh bu bilan faqat oilamni moddiy qiyinchilikdan saqlab qoldim xolosmi? Nega muhit menga yoqmayapti? Hamma narsa soxta... Hammmasi... Izlaganim beĝuborlik qani? Balki hech qachon mustaqil ravishda biron nima qiomaganim uchundir... Boriga shukr qilishim kkmasmi? Axir shu óqishni necha minglab odam orzu qilganku.. Nega men noroźiman? 


Nimani izlayapman ózi? Nimani xohlayapman? 

Yiĝi boshni oĝritadi.. har doim shu... kichikligimdayam ayam urushsalar yiĝlab uxlab qolardim.. yiĝi doimiy hamrohim shekilli .. nima qilay...


Uyqum keldi, boshim yorilay deyapti, kózlarim nam, kimdan madad olay? Aytarlik dóstim, dugonam bormi ózi? Hech qanday andishasiz uyalmasdan yiglàb beradigan yagona dugonam ham endi men bilan dardlasha olmaydi, endi uni boshqa hayoti bor... Nahotki ózim qórqqan yolĝizlik girdobida qolib ketsam?...

Atrofimdagilarga nisbatan aslida nima his qilaman ózi? 

Manga shunchaki yetmayotgan narsa nima ózi? Nimaga hamma narsadan fojia yasashga urinaman, nega atrofimdagilarning hislari bilan hisoblashmayman, nimaga ular bilan umiman ishim yógu ózim yolĝizlikdan qórqaman... Shu darajada xudbinmanmi a?

Report Page