...

...

@Jizzax73 // M.Muhammad

Instagram Stories’da avtomatik subtitrlar qo‘shish funksiyasi ishga tushdi. Bu haqda tarmoqning Twitter’dagi sahifasida xabar qilindi.



Keltirilishicha, nutqni matnga aylantirish matn ustida paydo bo‘lgan stiker yordamida amalga oshiriladi. Subtitrlar har doim ham 100 foiz to‘g‘ri ko‘rsatmaydi, ammo foydalanuvchi nashrdan oldin yakuniy matnni tahrirlashi mumkin. Bundan tashqari, matn rangi, joylashuvi va shriftini o‘zgartirish imkoni bo‘ladi.


Ta’kidlanishicha, ushbu funksiya hozirda faqat ingliz tilida subtitrlik qiladi va shu tilida so‘zlashadigan mamlakat fuqarolari undan foydalanishi mumkin. Keyinchalik u boshqa tillarda va mamlakatlarda ishga tushiriladi. Funksiyaning afzallik jihati shundaki, u Instagram Stories’larni ovozsiz ko‘rishga odatlangan foydalanuvchilar diqqatini jamlashga yordam beradi.


Avvalroq Instagram va Facebook layk yashirish funksiyasini sinovdan o‘tkazishni boshlagandi. Shuningdek, Facebook 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun alohida Instagram ishlab chiqishi ma’lum qilingan.


👉 Jizzax haqida — kanalini kuzatib boring!


Report Page