💙

💙

Muradova Nigina

Hayot siz uchun nimani anglatadi? Bu har bir inson yashab o'tadigan vaqtmi? Balki bu insonga berilgan sovg'adir? Yoki u shunchaki bir lahzami ... Biz uchun uzoq vaqt tuyuladigan bir lahza, lekin kimdir uchun u juda qisqa yoki umuman sezilmay o'tib ketgan bo'ladi. 


Ko'pchiligimiz nafaqat hayot nima ekanligini, balki nima uchun yashayotganimizni aniqlashga urinamiz. O'ylashimcha bu uzoq vaqt davomida butun insoniyat uchun sir bo'lib qolishi mumkin. Agar biz aniq bir odamning hayotiga nazar solsakchi? 

Uning hayoti nimani anglatadi, bu dunyoda sodir bo'lgan barcha narsalarga qanday ta'sir o'tkazadi? Bu umuman muhimmi..? - degan savol tug'iladi...

Albatta, har bir inson muhimdir. Har bir inson dunyoning umumiy suratida o'z mo'yqalami ila iz qoldiradi. U qora nuqta bo'lishi mumkin, yo rangli. Lekin hayotda hech narsa qilishga intilmagan insonlarning ham bu rasmda o'z o'rni bor, bo'sh qoldirilgan oq dog'.. balkim hayot rasmida bu oq dog'lar bo'lishi kerakdir.. balkim bunda ham bir ma'no bordir..

Bunga javob berish mushkul.. Lekin men ishongan bitta haqiqat bor. Har bir inson betakror va yagona, u bu olamining go'zal namunasi. 

Doim yodda tutish kerak bo'lgan narsa shundaki, agar siz yashayotgan bo'lsangiz, bu sizning dunyoda muhim ekanligingizni va hamma narsani yaxshi tomonga o'zgartirishga qodirligingizni anglatadi. Siz shunchaki taslim bo'lmasligingiz va yashashda davom etishingiz kerak!


Siz shunchaki oddiy foydali harakatlarni doimiy ravishda amalga oshirishingiz kerak..

Qalb amrini tinglashni o'rganish ham muhim ahamiyatga ega..


💙


@qizlarovozisamarqand


Report Page