...
@JIZZAX73 //M.MUHAMMADSirdaryo viloyati Guliston shahrida IIB va DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy diniy ta’limdan dars berib kelayotgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Guliston shahrida yashovchi 40 yoshli B.N. va uning 37 yoshli ovsini I.M. hech qanday rasmiy diniy ma’lumotga ega bo‘lmasdan turib, 9 nafar voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi va 6 nafar ayol-qizga hujra sifatida noqonuniy diniy ta’limdan dars berib kelayotgani aniqlangan.
Mazkur voyaga yetmagan o‘rta maktab o‘quvchilari pandemiya sababli onlaynga o‘tkazilgan darslarga ishtirok etmasdan, muntazam ravishda yashirin hujrada diniy saboq olib kelgan.
Hujrada ta’lim bergan I.M.ning mobil telefoni mutaxassislar tomonidan ko‘zdan kechirilgan va uning xotirasida noma’lum shaxslarning diniy ma’ruzalari mavjudligi aniqlangan.
“Mazkur holatlar yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan mavjud qonunchilik doirasida tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Toshkentda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib, ularni kaltaklagan shaxs qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
👉 Jizzax haqida — kanalini kuzatib boring!