...

...

@jizzax73 // M.Muhammad

AKIpress” agentligi ma’lum qilishicha, nizo oqibatida jami 134 kishi jabrlangan. Shularning 25 nafari maxsus samolyotda Bishkekka yetkazilgan. Jabrlanganlarning 2 nafari og‘ir ahvolda, qolganlari — o‘rta darajada va “nisbatan qoniqarli” ahvolda deb baholanmoqda.


Avvalroq halok bo‘lganlar soni uch kishi deb ma’lum qilingan, ular orasida 13 yoshli qizcha borligi, u kasalxonaga ketishda vafot etgani aytilgan edi.


Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi nizo 28-aprel kuni mahalliy aholi o‘rtasidagi janjal bilan boshlangan edi. U esa tojikistonlik harbiylar bahsli hududda joylashgan “Golovnoy” suv taqsimlash punkti yaqinidagi elektr ustuniga videokuzatuv kameralarini o‘rnatganidan keyin kelib chiqqan.


Ertasi kuni nizoga ikkala mamlakat harbiylari aralashgan, otishma boshlangan. Kechga kelib, tomonlar o‘t ochishni to‘xtatishga va qo‘shinlarni olib chiqib ketishga kelishib olgan.


Keyinroq Qirg‘iziston prokuraturasi mamlakat Jinoyat kodeksi 380-moddasi (tinchlikka qarshi qaratilgan jinoyat) bo‘yicha sudgacha bo‘lgan protsessni boshladi. Idora Tojikistonni harbiy tajovuzda, shuningdek, xalqaro shartnoma va kelishuvlarni buzishda ayblagan. Prokuratura talqiniga ko‘ra, tojikistonlik harbiy xizmatchilar makkorona tarzda mamlakatga bostirib kirgan, chegaralarga hujum qilib, avtomatik qurol, minomyot, zirhli tank texnikasi, jangovar vertolyotlar va boshqa qurollardan o‘t ochgan.


Xususan, Tojikiston harbiy xizmatchilari minomyot va jangovar vertolyotlar yordamida to‘rtta chegara zastavasiga, chegara postlariga hamda Qirg‘izistonning Botken va Laylak tumanidagi aholi punktlariga hamla qilgan. Oqibatda huquq-tartibot organlari xodimlari, harbiy xizmatchilar va Qirg‘iziston tinch aholisidan iborat ko‘psonli shaxslar jabrlangan. Bir necha kishi halok bo‘lgan, shuningdek, infratuzilma obyektlari yo‘q qilingan.


“Tojikiston Respublikasi harbiy xizmatchilarining yuqorida qayd etilgan xatti-harakatlari Qirg‘iziston Respublikasining suvereniteti va yaxlitligiga nisbatan oldindan rejalashtirilgan provokatsiyalari va tajovuzidan guvohlik beradi”, — deya ma’lum qilishdi prokuraturada.


👉 Jizzax haqida — kanalini kuzatib boring!


Report Page