...
@Jizzax73 // M.MuhammadTelegram O‘zbekistonda guruh va kanallarda to‘lovlarni qabul qilishga ruxsat berdi
O‘zbekistonda endi Telegram guruh va kanallarida to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi, deb yozmoqda “Gazeta.uz” Spot’ga tayanib.
Qayd etilishicha, to‘lov uchun botlar 2017-yildan beri mavjud, ammo ular bilan foydalanish noqulay bo‘lgan. Messenjerning yangilangan versiyasida to‘lovlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilish imkoniyati tufayli botlar bilan ishlash osonroq bo‘ladi.
Ilovada 8 ta o‘rnatilgan to‘lov tizimi mavjud, ulardan ikkitasi O‘zbekistondagi PayMe va Click tizimlari.
To‘lov platformasi ochiq va bepul — komissiya olinmaydi va to‘lov ma’lumotlari saqlanmaydi. Har bir savdogar Telegram bilan qo‘shimcha kelishuvlarsiz Payments API maydonchasidan foydalana oladi.
Sinov rejimi Demo Store kanalida o‘tkazilmoqda.
Bundan avval Forbes Pavel Durovni arab milliarderlari ro‘yxatidan chiqargani hamda Telegram yanvar oyida dunyoda eng ko‘p yuklab olingan dastur bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
👉 Jizzax haqida — kanalini kuzatib boring!