...

...

@Jizzax73 // M.Muhammad

Toshkent viloyatida Lacetti yuk poyezdiga to‘qnashib, ag‘darilib ketdi. Bu haqda “Toshkent mintaqaviy temiryo‘l uzeli” matbuot xizmati xabar berdi.



Voqea 25-aprel kuni soat 05:55 da Dalaguzar—Nazarbek peregoni, 3367-kilometr 7-piketdagi pereyezdda sodir bo‘lgan. Lacetti 2015-sonli yuk poyezdi bilan to‘qnashgan.


Qayd etilishicha, bu qo‘riqlanmaydigan pereyezd bo‘lib, kesishmada yo‘l harakatini tartibga soluvchi belgilar va svetofor o‘rnatilgan.




Svetoforning qizil chirog‘i yonib turishiga, to‘xtash signali ishlashiga, hatto to‘xtash belgisiga ham e’tibor bermasdan Lacetti avtomobili haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi oqibatida mazkur holat yuz bergan.


To‘qnashuv paytida tan jarohati olgan avtomobil haydovchisi va bir nafar yo‘lovchi zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan.


Avvalroq Toshkent viloyati Ohangaron tumanida poyezd va avtomobil to‘qnashuvi oqibatida shifokor halok bo‘lgani, Surxondaryoda Damas harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdiga kelib urilgan Damas haydovchisi shifoxonada vafot etgani, Toshkentning Yunusobod tumanida temiryo‘l svetoforining taqiqlovchi belgisidan o‘tib ketgan Nexia va Lacetti YTHga uchragani haqida xabar berilgan edi.



👉 Jizzax haqida — kanalini kuzatib boring!


Report Page