...

...

@JIZZAX73 // M.MUHAMMAD

Rossiya Qurolli kuchlarining Qrimdagi harbiy mashg‘ulotlarida 10 mingdan ortiq askar, 1200 ta qurol va harbiy texnika, shuningdek, 40 dan ortiq harbiy kema ishtirok etmoqda. Bu haqda Meduza xabar berdi.


Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, 22-aprel kuni Qrimdagi Opuk poligonida kutilmagan tarzda jangovar tayyorgarlikni tekshirish doirasida janubiy harbiy okrug kuchlari va havo-desant kuchlari mashg‘ulotlarining asosiy bosqichi bo‘lib o‘tadi.


Ta’kidlanishicha, mashg‘ulotlar Qora dengiz floti va Rossiya dengiz flotining Kaspiy flotiliyasi tarkibiga kiritilgan.


Mashg‘ulotlar davomida Qora dengiz flotining “Admiral Makarov” va “Admiral Essen” fregatlari Qrim qirg‘og‘iga tushadigan dengiz desantiga yordam sifatida o‘t ochadi. “Dengiz artilleriyasining o‘t ochishini sozlash fregatlar palubasidan uchirilgan uchuvchisiz havo vositalarining hisob-kitoblari bilan ta’minlangan”, — deya Mudofaa vazirligi mashg‘ulotning ushbu qismiga izoh berdi.


Eslatib o‘tamiz, Wall Street Journal (WSJ) gazetasi Rossiyaning Qrim va Voronej viloyatidagi harbiy texnikalarining sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarini chop etdi. Nashrning ta’kidlashicha, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari orqali Rossiya Ukraina bilan chegarada ilgari taxmin qilinganidan ko‘ra ko‘proq jangovar samolyotlarni joylashtirganini ko‘rish mumkin.


20-aprel kuni Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram kanaliga joylashtirilgan videomurojaati orqali Putinni Donbassda uchrashishga taklif qildi. Shu bilan birga, u Ukraina urushni xohlamasligini, ammo bunga tayyorligini ta’kidladi. Moskva Zelenskiyning Putin bilan Donbassda uchrashish taklifiga javob qildi.


Bayden va Angela Merkel Rossiyani Ukraina bilan chegaradagi qo‘shinlarini olib ketishga chaqirdi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyani “jilovlash”da Baydendan yordam so‘radi. Kreml esa Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush ehtimolini istisno qildi.


@JIZZAX73 // Jizzax Haqida

👉 Jizzax haqida — kanalini kuzatib boring


Report Page