Мahallaga ilm ulashib

Мahallaga ilm ulashib

FarTum Ma'naviyat Bo'limi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona tuman bo‘linmasiga biriktirilgan “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari Farg‘ona tumanining mahallalarida 2022-yilning mart-may oylarida “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va ustuvor vazifalar”mavzusida targ‘ibot tadbirlari tashkil etishlari uchun Ma’anviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona tuman bo‘linmasi tomonidan alohida dastur ishlab chiqilgan.

Mazkur dastur doirasida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, Farg‘ona Davlat universiteti filologiya fanlari doktori, professor Maxmudxon Xakimov joriy yilning 22-aprel kuni Farg‘ona tumanining “Vaziyo” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdilar.

M.Xakimov bilan o‘tkazilgan davra suxbati davomida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida bayon etilgan yangi g‘oya va tashabbuslar, fikr hamda muloxazalar, aholida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish borasidagi olib boriladigan ishlar ya’ni, Vatanni sevish va uni himoya qilish nafaqat harbiylarimiz yoki huquq-tartibot idoralari xodimlarining, balki jonajon O‘zbekistonimizda yashovchi har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligi to‘g‘risida suhbatlar olib borildi.

Professor M.Xakimov Oila qanchalik tarbiyali, yaxshi xulq-atvorli, uning a’zolarining o‘zaro munosabatlari samimiy bo‘lsa, mahallada ham uning o‘rni va hurmati baland bo‘lishi, oila tarbiyasi ham shunchalik samarali bo‘ladi deb takidladilar.

Tadbir davomida so‘z olgan IIB inspektori, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, fayriy nuroniylar hamda yoshlar tomonidan tadbirda so‘zlangan maruzalar o‘rinli hamda fikr muloxaza boy tarzda o‘tganligini bildirishdi.



Report Page