...

...

@Jizzax73

Sobiq bolalar ombudsmeni dastur Birlashgan Qirollik va Hamdo‘stlik mamlakatlarining voyaga yetmaganlarning shaxsiy ma’lumotlari haqidagi qonunlarni buzayotganini ta’kidladi. Arizada aytilishicha, TikTok bolalar va ularning ota-onalarini ogohlantirmay turib ma’lumotlardan foydalanadi.


Platforma qoidalariga ko‘ra, 13 yoshdan kattalar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Ammo 2020 yilda Ofcom (efirni nazorat qiluvchi organ) Britaniyadagi 12 yoshgacha bolalrning 42%i TikTok’dan foydalanishini e’lon qildi. Longfildning fikricha, birgina Buyuk Britaniyada ma’lumotlarning koqonuniy to‘planishi oqibatida 3,5 mlndan ortiq o‘smir jabrlangan bo‘lishi mumkin. U shaxsiy ma’lumotlar to‘planishini to‘xtatish va olingan ma’lumotlarni yo‘q qilishga erishmoqchi. Bundan tashqari u moddiy kompensasiya ham talab qiladi.


Ijtimoiy tarmoq rahbariyati ayblovlarni asossiz deb aytdi. “TikTok uchun xavfsizlik va maxfiylik asosiy vazifa sanaladi. Bizda barcha foydalanuvchilar, jumladan o‘smirlarni ishonchli himoya qilishga yordam beruvchi jarayon va texnologiyalar bor”, deyiladi kompaniya xabarida.


👉 Jizzax haqida — kanalini kuzatib boring!


Report Page