...

...

@Jizzax73

Yevropaning TOP-15 futbol klubi yangi chempionat – Yevropa Superligasi tashkil qilinganini e’lon qildi. “Manchester Yunayted??, “Manchester Siti”, “Tottenxem”, “Liverpul”, “Chelsi” , “Arsenal”, “Barselona”, “Atletiko", “Real Madrid", “Milan”, “Inter” va “Yuventus” klublari yangi turnirning asoschi jamoalari qatoriga kirdi.


“Yevropaning o‘n ikki yetakchi jamoasi yangi turnir – Yevropa Superligasini yaratish haqida bir qarorga keldi. O‘yinlar haftaning o‘rtasida o‘tkaziladi. Shu bois, bu ichki chempionat o‘yinlariga xalaqit qilmaydi. Birinchi mavsum oldidan yana uch jamoa asoschi klublar safiga qo‘shiladi. Chempionat yaqin vaqtlar ichida start oladi??, deyilgan rasmiy bayonotda.


Superliganing rahbari vazifasini “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres bajarishi, vise-prezidentlar esa Andrea Anyelli (Yuventus) va Joel Gleyzer (Manchester Yunayted) bo‘lishi kelishib olindi.

 

UYeFA bu turnirga qat’iy qarshilik qilayotgani sir emas. Sababi yangi musobaqa amaldagi Yevropa Chempionlar ligasi turniri uchun juda katta zarba bo‘ladi. Tashkilot Superliga ishtirokchilarini jiddiy sanksiyalar va sud ishlari bilan ogohlantirib kelmoqda. Jumladan, Superligada o‘ynaydigan klub o‘z milliy birinchiligida o‘ynay olmaydi. Hatto bu klublar futbolchilari terma jamoalar o‘rtasidagi musobaqalardan ham chetlatilishi aytilmoqda. Superliganing boshida turganlar esa UYeFAdan iloji boricha manfaatli taklif bo‘lmaguncha chekinmoqchi emas.


Ushbu voqealar fonida YeChL va YeLning yarim final bahslari noma’lum muddatga qoldirildi. Unga ko‘ra, Superliga ishtirokchilari Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va umuman UYeFAdan chetlatilishi kutilmoqda. Agar bu sodir bo‘lsa, PSJ YeChLda muddatidan oldin chempionga aylanishi ham mumkin. Sababi, Parij jamoasi yangi chempionatga qo‘shilmasligi taxmin qilinmoqda. Buning boisi, PSJ prezidenti Nosir Al-Helayfi UYeFA tashkilotining prezident maslahatchilari ro‘yxatida turadi. Ustiga ustak, u “Bein Media” rahbari ham hisoblanadi. Bu telekompaniya esa Chempionlar ligasi translyasiyasi huquqini sotib olish uchun millionlab pul sarflagan.


👉 Jizzax haqida — kanalini kuzatib boring!

Report Page