...

...

Qu Yosh
Timoti J. Uinter

Dastlab muallif haqida:


Timoti Jon Uin (1960 yilda tug'ilgan), shuningdek Shayx Abdal Hakim Murod sifatida tanilgan, ingliz sunniy musulmon olimi, tadqiqotchi, yozuvchi va akademik. U Kembrij musulmon kolleji dekani, Wolfson kollejining tadqiqot (teologiya va diniy tadqiqotlar) direktori va Shayx Zayd Kembrij Universitetining Islomshunoslik bo'yicha o'qituvchisi.


Uning asarlariga islom ilohiyoti va musulmon-xristian munosabatlariga oid nashrlar kiradi. 2003 yilda u Kembrij universiteti tomonidan Pilkington o'qituvchisi mukofotiga sazovor bo'lgan va 2007 yilda "Oy nurisiz bomba portlashi" qisqa risolasi uchun u Islom tafakkuri uchun Qirol Abdulloh I mukofotiga sazovor bo'lgan.  U doimiy ravishda har yili Qirollik Al-Bayt Islomiy Fikrlar Instituti tomonidan nashr etiladigan "500 ta ta'sirchan musulmonlar" ro'yxatiga kiritilgan va 2012 yilda eng nufuzli 50-o'ringa kiritilgan.  Yaqinda 2020 yilgi "500 ta ta'sirli musulmon" nashrida Qish dunyodagi eng ta'sirli 48 musulmon ro'yxatiga kiritildi.

Wikipidiya


Kitob haqida


Faxriddin Nizomov tomonidan tarjima qilingan ushbu asar oʻzining nomi bilan vam darhol eʼtiborni tortadi - qiziqish ortadi. Ehtimol, koʻrmoqchi boʻlganimiz daarlab mundarija boʻlar :


Gapning ibtidosi… 

1. Ming yillik alomat sifatida 

 2. Modernizm tugashiga ishonch

3. Sunnat birlamchiligi

 4. Madinaning qorishiq tarovati

 5. Oila inqirozi 

6. Islom, Irigaray va jins masalasi 

7. Bir dindan ikkinchisiga o‘tish sog‘inch hissi sifatida: najotkor Buyuk Ahd 

8. Diniy Boshqani tan olish 

9. Britaniya va Buyuk Ahd 

10. Islom ma’naviyati: unutilgan inqilob

 11. Mutaassiblik balosi 

12. Aksilmazhabchilik muammosi va intihosi 


Musulmon inglizining XX asr soʻnggida koʻrsatayotgan dalillari, chirkin Yevropaning muslimlarga muhtojligi, aholi soning koʻpayishi inqiloblarga sabab boʻlishi, nima uchun sovet ittifoqi quladi, bunga musulmonlarning qay darajada aloqasi bor, Yevropasentrizm muammolari, sanʼatning tubanlashuvi, najot qayerda, muammolardan qanday qutulmoq mumkin , shu va boshqa juda koʻp masalalar ustida ilmiy tilda faktlar bilan koʻrsatib beriladi.


Iqtiboslar:


"Lekin haqiqiy zarar yetkazib bo‘lindi. Otalarni bola boqish va uy bekligiga qaytarish muvaffaqiyat qozonayotganga o‘xshaydi; aksariyat binolar uydan ko‘ra uyquxonalarga o‘xshab qolmoqda. Ovqatlanish vaqti o‘z qat'iyligini yo‘qotib, konserva ochish ishiga aylanib qolgan; ota-onalar horib, holdan toyib qolgani uchun horish nimaligini bilmaydigan farzandlari bilan o‘z «sifatli vaqti»ni birga o‘tkaza olmaydi; afsuski, oila a'zolarining uyga va bir-biriga tegishlilik hissi yo‘qolib bormoqda. Ayni chog‘da bolalar uyni tark etadi, ular o‘zlarini uyda hech narsa ushlab turmayotganday his etadi."


"Islomdagi ko‘pxotinlik ham undan oldin qaror topgan yahudiylar ko‘pxotinligi kabi qabilalarning o‘zaro urushlari oqibatida vujudga keldi, Bunday ko‘pxotinlik beva ayollarning jamiyatga qayta qo‘shilishini ta'minlab bergan yagona mexanizm edi. Payg‘ambar arab yo‘lboshchisiga xos faoliyat ko‘rsatar edi. Ul zotning bitta xotinidan boshqa barchasi beva ayollar edi. O'sha vaqt nuqtai nazaridan qaraganda, aksariyatining yoshi ancha o‘tib qolgan edi."


"G'azzoliyning o‘rta asrlar islomining ilmlar doirasida doimo teologik paradigma domidan qutulish payida bilish nazariyasining bus-butun loyihasiga solinajak xavf ehtimolini bartaraf etish yo‘li bilan yunon ratsionalizmini assimilyatsiya qilgani to‘g‘risidagi fikrni ko‘pchilik iqtibos qilib keltirishni xush ko‘radi. Uni umumlashtiruvchi taqqos sifatida tushuntirish mumkin: xristain mutafakkirlari gapni Sababdan, musulmon mutafakkirlari esa Borliqdan boshlashga moyildirlar."


Biroq islom  donishmandlik va muvozanatga buyuradi. Bu o‘rta yo‘ldir. Qanday vaziyatga tushib  qolganimizdan qat'i nazar, buning iloji bor, unga amal qilishimiz mumkin. Biz bugungi  dunyoning baxtli ummatlarimiz. Baxtimiz shundaki, g‘arbliklardan farqli o‘laroq, bizni  haliyam go‘zallik birlashtirib turadi. Boshqa so‘z bilan aytganda, biz kim ekanimizni va  nima qilishimiz kerakligini yaxshi bilamiz.


Tarixiy nuqtai nazardan  bunday vaziyat hamisha beqarorlik, to‘s-to‘polon va islohotni keltirib chiqaradi. 16- asrda Germaniyada yosh aholi miqdorining haddan ziyod o‘sib ketishi Yevropada  protestant islohotlariga hamda qishloq xo‘jaligi va siyosatda o‘zgarishlar qilishga sabab  bo‘lgan edi. 20-asrning 30-yillarida Markaziy Yevropada fashizmning paydo bo‘lishi ham  qisman yosh aholi miqdorining o‘sib ketishi bilan bog‘liq. Islom tarixiga nazar  tashlanadigan bo‘lsa, Usmonlilarning yangi hududlarni zabt etishni to‘xtatishi 16 -17- asrlarda jaloliylarning qo‘zg‘olonlariga sabab bo‘lganini ko‘rish mumkin, bu hol ko‘plab  yoshlarni ishsiz qoldirdi, natijada ular Anatoliyaning ko‘plab hududlarini vayron etgan  kichik yoki ijtimoiy norozilik harakatlarini boshlab yubordi.  Keyingi bir-ikki yil ichidagi islomiy qayta tiklanish shu tamoyilning to‘g‘ri ekanini  ko‘rsatdi. Hantingtonning ta'kidlashicha, musulmon mamlakatlari ichida birinchi bo‘lib  20-asrning 70-yillari oxirida Eron yosh aholi miqdorining keskin oshib ketishini o‘z  boshidan kechirdi va 1979 yili inqilob ro‘y berdi.


@sunsbook

Report Page