🇺🇿🇹🇷

🇺🇿🇹🇷

Natural Seeds

Imtiyozli kreditlar bo‘yicha:

  • fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 14 foiz stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga.
  • “Har bir oila — tadbirkor” dasturi shartlari asosida dehqon va fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi boshqa korxonalarga yer maydonida kichik intensiv bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilikni rivojlantirish, poliz, dukkakli, moyli ekinlar va kartoshka yetishtirish uchun har bir loyihaga milliy valyutada 100 million so‘mdan oshmagan miqdorda yillik 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi.

Bunda, kreditlar kichik intensiv bog‘dorchilik va uzumchilikka 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilikka 6 oygacha imtiyozli davr bilan 2 yilgacha muddatga ajratiladi.

  • Paxta-to‘qimachilik klasterlarining paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun paxta xomashyosi qiymatining 60 foizigacha yillik 10 foiz stavkadan oshmagan miqdorda (shundan, bank marjasi 2 foiz), 18 oy imtiyozli davr bilan umumiy foydalanish muddati 24 oyga kredit ajratadi, bunda, kreditni qaytarish 19-oydan boshlanadi hamda u so‘nggi 6 oyda teng ulushlarda qaytariladi.
  • Bug‘doy yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 12 oy muddat bilan urug‘lik qiymatini hisobga olgan holda g‘alla yalpi hosili umumiy qiymatining 40 foizigacha yillik 10 foizda, 50 foizigacha yillik 12 foizda qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz kredit ajratiladi.
  • G‘alla o‘rim-yig‘imi otryad usulida servis asosida amalga oshiriladi.

”agro.uz”

Report Page