......

......

larning chig‘irlashi negadir larning chig‘irlashi negadir ko‘nglini ozdirdi. U quloqlariga

barmog‘ini tiqib, ko‘zini yumdi, biroz nafasini rostlagandan

so‘ng, xuddi ko‘nglini bezovta qiladigan biron narsani ko‘rish￾dan qo‘rqqanday, ko‘zini sekin ochdi.

Ko‘zini ochdi-yu qarasa... Usta kulol xuddi o‘g‘lining

o‘limi to‘g‘risida gapirayotganday so‘kinar, titrar edi. Yoshgina,

xotinchalish bir ofitser rezinkaday qapchib cholning ko‘kragiga

tepdi. Chol yiqildi. O‘shanday tepki hali es-hushini o‘nglab

ololmagan Hamroqulning ham ko‘kragiga tushdi. U eshakdan

ag‘darildi, ammo darrov turdi, bo‘yniga musht tushdi –

munkib ketdi.

Churr...

– Mirshab!

Qayerdandir Usta kulolning kampiri paydo bo‘lib, ofitser￾ning oyog‘iga yiqildi. Ikki mirshab Usta kulol bilan Ham￾roqulni bog‘dan olib chiqdi va butxonaning narigi tomonidagi

mirshabxona tomon olib ketdi. Kampir dodlaganicha ergashib

bordi.

Olomon to‘plandi.

– Yig‘lama! – dedi Usta kulol mirshabxonaning eshigi

oldida kampiriga qarab: – Men bir turmadan ikkinchi turmaga

o‘tayotibman, nega yig‘laysan!

Mirshabxona eshigi ochilib ikki oshnani yutdi. Butxona

qo‘ng‘irog‘i kechki ibodatga chaqirib, og‘ir va uzun darang￾ladi. Bu tovush hali kun botmasdan mudrab yotgan shahar

ustida to‘lqinlanib uzoqlarga ketdi. To‘plangan xaloyiq nima

gap bo‘lganini bir haftadan keyin «Turkiston o‘lkasi» gazetasini

o‘qib bildi:

«... O‘tgan 23-sentabrda mazkur shaharda rusiya dahasidagi

Romanovskiy bog‘ida ham shu qabila beadablik sodir bo‘lgan.

Chunonchi, sartiyalardan biri o‘zlariga sohiblik qilib turgan

rusiya to‘ralarining istirohatgohlariga kirgan, ya’ni nihoyatda

beadablik qilgan...»

1935-yil ozdirdi. U quloqlariga

1935-yil

Report Page