...

...


Stoitsizm (Stoicism) falsafiy maktabi qadim yunon mutafakkirlaridan tortib keyinchalik Monten, Spinoza, Dekart va boshqalarning firklashiga o'z ta'sirini ko'rsatgan. Bugunga kelib zamonaviy dunyoda uni yana aktual ekanligini, unga ortgan qiziqishdan tushunish mumkin. Bu falsafaga bugunda psixologlar, psixoterapevtlar, yozuvchilar murojaat etishmoqda.
Ushbu falsafa prinsiplari behuda, asossiz havotirni yo'qqa chiqazib ongni mohiyatan muhimroq bo'lgan narsalarga tayyorlashda yordam beradi - bular orasida shaxsiy rivojlanish, ta'lim va ijtimoiy burchlarimizni sanab o'tishimiz mumkin.
Bugun ushbu maqsadlarda sizga yordam berishi mumkin bo'lgan, Stoitsizmda "O'zlik amaliyoti" deb ataladigan prinsiplarning ba'zilari haqida so'z boradi.


Ⅰ. Informatsiyani maqsadli iste'mol qiling.

Haddan ortiq hajmda informatsiya bilan siylanish foydasiga emas, zarariga ishlashi mumkin. O'qilgan fakt va ma'lumotlardan keyinchalik maqsadli foydalanmoqchi bo'lsangiz,ular diqqatingiz markazidan katta tezlikda uchib o'tmasligi uchun,o'zingizni biroz cheklashingiz to'g'riroq bo'ladi.

"...xilma-xil kitoblar va son-sanoqsiz yozuvchilarni o'qish - tentirash va bir joyda bo'la olmaslik belgisi emasmi?
Biron nima olishing va u senda qolishi uchun, buyuk aqllarning biri bilan uzoq vaqt birga qolib ruhiyatingni oziqlantirishing kerak bo'ladi. Kimki hamma yerda bo'lsa - u hech qayerda. Hayotini tentirashda o'tkazgan odam - barcha yerda mehmon, lekin do'stlari yo'q. Keragidan ziyod kitob bizni yoyib yuboradi holos. Shuning uchun, agarda o'zingda bor kitoblarning barchasini o'qiyolmasang,o'qiyolganingcha kitobga ega bo'l. Shu yetarlik."
-Seneca. "Moral Letters to Lucilius", 2nd letter.

Har qanday ishda diqqatni eng muhim narsaga qarata bilish kerak - hozirning o'zida qarshingda turgan vazifaga. Zero, "Ko'plik rohat keltiradi, kamlik esa g'alaba".


Ⅱ. Ichki maqsadlaringiz izidan boring va boshqalarga kamroq e'tibor bering.

Ha, yunon stoiklarini bugun yaxshi motivatsion ustozlar deb atashgan bo'lardi :)

O'z kuch va diqqatingizni faqat bizning irodamizda bo'lgan narsalargagina yo'naltiring,boshqasidan esa voz keching.

Orzu qilish yomon emas albatta,ammo orzular real hayotda ilojisi bor narsalar haqida bo'lgani maqsadga muvofiq. Sizning irodangiz ta'sir ko'rsatishi imkoni bo'lmagan narsalar haqida orzu qilmagan ma'qul. Orzu qiling,ammo chindan ham ro'yobga chiqarishingiz mumkin bo'lgan narsalar haqida. Homxayol esa - nafaqat cheklangan vaqtimizni behuda sarflash degani, balki azob ham keltirishi mumkin. Bu birinchidan.

Ikkinchidan har bir narsani qanchalik yaxshi bajara olsang,shunchalar yaxshi bajar,shuning o'zi yetarli. Sendan va seni ishingdan norozilar esa doimo topiladi. Shuning uchun birovlarning qarsak va baholariga qarab qolma.

"O'zingni tabiatda ilojisi bo'lgan har qanday ish va so'zga qodir deb hisobla...o'z tabiating va umumiy tabiat izidan bor - bu ikkovining ham yo'li birdir."
-Marcus Aurelius. "Meditations: Thougths to Myself", 5th book.

"Insonlardan qay biri mag'lub bo'lmas?"-deb so'ragan allazamonlar Epiktet, so'ngra o'z savoliga o'zi javob bergan: "O'z tanlovi chegarasining tashqarisida hech nima havotirga solmaydigan inson".

Report Page