...

...

Qu Yosh
Stiven Xoking

Agar sizning dinga boʻlgan qarashlaringiz toʻliq shakllanib yetmagan boʻlsa, oʻz mustaqil fikringizga ega boʻlmasangiz hamda sizda tolerantlik sifatlari boʻlmasa, ushbu kitobni oʻqishni tavsiya qilmayman!


Agar sizga hozirgi kunning bestseller kitobi qiziq va umuman, Stiven haqida maʼlumotga ega boʻlsangiz, shuningdek ilmiy jamiyatning borliq, sunʼiy intellekt, Xudo toʻgʻrisidagi fikrlari qiziq boʻlsa oʻqib koʻring.


Kitobda quyidagi savollarga javob berishga harakat qilingan:

1Xudo bormi?

2. Barchasi qanday boshlangan?

3. Borlikda bizdan boshqa ongli hayot mavjudmi?

4. Kelajakni ko‘rib bo‘ladimi?

5. Qora tuynuklar ichida nima yashiringan?

6. Vaqtlar aro sayohat qilish mumkinmi?

7. Yerdagi hayot saqlanib qoladimi?

8. Koinotni o‘rganishdan nima naf?

9. Sunʼiy idrok insoniyatni yenga oladimi?

10. Kelajakni qanday tasavvur eta olamiz?

Asardan parchalar:

∆Eynshteyn kabi men ham “xudo” so‘zidan qiyofasiz tarzda, uni tabiat  qonunlariga bog‘lagan holda foydalanaman, shuning uchun ham Xudoning  ishlarini anglash, bu tabiat qonunlarini anglash demakdir.

Borliq yaratilishi haqida shunday deydi:

Shunday qilib, endi Borliqni yaratish  uchun uchta masalliq o‘rniga, bor yo‘g‘i ikkita – energiya va fazo kerak desak  ham bo‘ladi. Ammo energiya va fazo qayerdan paydo bo‘lgan? Javob esa  olimlarning yillar davomida olib borgan izlanishlari natijasida  topildi. Unga ko‘ra fazo va energiya Katta portlash vaqtida to‘satdan paydo  bo‘lgan.Gap shundaki, bu darajada protonlar biz kvant mexanikasi deb  nomlaydigan tabiat qonunlariga muvofiq tarzda harakat qiladi. Ular haqiqatdan ham to‘satdan paydo bo‘la oladi; biroz vaqtga bog‘lanadi va  so‘ngra boshqa joyda paydo bo‘lish uchun yana yo‘qoladi.  Borliq avvaliga juda kichik, hattoki protondan ham kichik bo‘lgan  bo‘lishi mumkinligini bilar ekanmiz, bu bizni bir ajoyib xulosaga olib  keladi. Aql bovar qilmaydigan darajadagi kattalik va murakkablikka ega  bo‘lgan Borliq tabiat qonunlarini buzmagan holda to‘satdan paydo bo‘lishi  mumkin. Juda katta miqdorda energiya chiqarish jarayonida fazo kengaya  boshlagan va muvozanat sarhisobi uchun kerak bo‘ladigan manfiy energiya  omboriga aylanib borgan

Yerdagi hayot saqlanib qoladimi savoliga javob:

Okean xaroratining ko‘tarilishi muzliklarni  eritadi va juda katta miqdordagi karbonat angidrid gazining chiqishiga  sabab bo‘ladi. Ikkala ta’sir xam bizning iqlimimizni xuddi Venera  sayyorasi xolatidagi kabi 250 darajaga keltirib qo‘yadi. (Farengeyt bo‘yicha  482 daraja)

Sunʼiy idrokni yengish mumkinmi savoliga javob:

Biz olovni ixtiro qilganimizda qayta-qayta muammolarga duch keldik  va keyin oxir oqibat o‘t o‘chirgichni ixtiro qildik. Odamlar kompyuterdan “Xudo bormi?” deb so‘rashibdi. Va ularga javoban kompyuter “Endi bor!” debdi-da o‘zini razetkadan sug‘urib tashlabdi.


Ushbu reviewdan soʻng albatta Stiven haqida malumotlarni internetdan oʻqib chiqing, soʻngra kitob mutolaasiga kirishing. Buningsiz kitobni tushunish qiyin.


@sunsbook

Report Page