...

...

Qu Yosh
Lev Tolstoy

Bechora Ivan Ilich.


Asarning gʻoyasi olamshumul, boqiy, hozir ham aktual. 

Dastlab, voqealar haqida:

Ivan Ilich aqlli, shinavanda, odamohun, mansabparast personaj. Oʻzining salohiyati bilan mansab pillapoyalaridan ildamlab borar va oxirda prokror darajasigacha koʻtariladi. U oʻz darajasidan gʻururlanar, ishini juda sevar, barchasini qolipga solishga harakat qilardi. Doʻstlari qarshi boʻlmagach uylandi. Dastlabki shirin hayot uzoq davom etmaydi - hotini injiqliklarini boshlaydi. Bu esa oʻzini ishga uradi. Xullas, ishdan boshqasini tan olmaydigandek hayot kechiradi. Bazan karta oʻynab lazzatlangandek boʻladi, bu ham bir sarob edi. Uning mazmuni ish, sud. Lekin hayotning asl mantigʻi borki, bu - oʻlim.

Kasallanadi, umri qiynoq va ogʻriqlar bilan oʻta boshlaydi. Uni ogʻriqdan ham bir savol qiynardi:

ʼʼU toʻgʻri yashadimmi?ʼʼ

Necha oylik kasalmandlik shu savol bilan oʻtdi.

Afsuski fursat boy berilgan, javob topganda oʻlim ostonada edi. Tushidagi bosinqirashdan bir lab tegganda uygʻonib ketdi - bu oʻgʻlining lablari edi, soʻngra hotinini koʻrdi, biroq endi kech edi..

Asar har birimiz uchun ibrat. Hayot bu ish emas, hayot bu oilangni moddiy taʼminlab qoʻyishgina emas, hayot bu - nimadir. Asarni tugatgach har kim oʻz ʼʼnimadirʼʼini topadi.


@sunsbook

Report Page