...

...

@Jizzax

– Nima sababdan qo‘ylar Nurobod tumani hokimligi eshigi oldiga olib kelindi?


“Qorako‘lchilik” uyushmasi matbuot kotibi Dilshod Istamov:


“Qorako‘lchilik” uyushmasiga tegishli bo‘lgan yaylov yerlarida uyushmaga aʼzo bo‘lgan fermer xo‘jaligi mollari boqib turilgan. Mahalliy aholi cho‘ponning qo‘ylarini hokimlik binosi oldiga haydab kelgan. Videoda “klasterga aʼzo bo‘linglar” deyapti, degan joyi ham bor. To‘g‘ri, biz ularga klasterga aʼzo bo‘lsangiz yer beramiz deganmiz. Lekin yaylovlarni degradatsiyadan chiqarish, unumdorligini oshirish bo‘yicha Prezident farmoni bor. Qolaversa, klasterlarga yerlar bo‘lib berilgan. Klasterlar shunga qarab hisob- kitob yuritgan. Shuningdek, qo‘ylarning juni va terisini qayta ishlaydigan korxonalar ochish kerak. Ammo hozir ular bu ishni qilmayapti. 4 – 5 ta odam hokimiyatdan o‘zlariga hujjatlar qilib, yaylovlarga egali qilib, maʼlum bir miqdordagi pulga yerlarni ijaraga berib qo‘ylarini boqtirgan. Qizig‘i hokimiyat binosiga o‘zlarining qo‘ylari emas, aynan “Qorako‘lchilik” uyushmasiga aʼzo bo‘lgan cho‘ponlarning qo‘ylarni olib kelgan. Hozirda ushbu masala yuzasidan tuman IIB shug‘ullanmoqda.


Muammoning asl mohiyati o‘rganilyapti. Nurobod tumani hududiy boshqarma tomonidan matbuot anjumani ham bo‘lib o‘tgan

Report Page