🙂🙂🙂

🙂🙂🙂

🌐OLTIARIQ_TV

Iqtisodchi ekspert Adham Shodmonov: Pul almashadi yoki sinishi haqidagi barcha mish-mishlar asossiz

O‘zA avvalroq iqtisodchi ekspert Adham Shodmonov bilan bo‘lib o‘tgan “Inflyatsiyaning yashirilishi yoxud pul almashadimi?” mavzusidagi suhbatni e’lon qilingandi. Mazkur mavzu bir qator saytlarda keng muhokama qilingani, ko‘pchilik savolga javobni turlicha talqin qilib, mavzu ochib berilmaganini ma’lum qilgach, ekspert bu borada yana bir bor o‘z fikrlarini bildirdi.
Pul bozor sharoitida xo‘jalik muomalasiga chiqariladigan va ishlatiladigan to‘lov vositasi hisoblanadi va bu doimiy xarakterga ega. Naqdsiz pullar tijorat banklar o‘z mijozlariga qarz berganida muomalaga kiritiladi. Naqd pullar esa bank mijozlarga kassalar orqali beriladi.

Bunda har qaysi mijoz, albatta, bank qarzlarini qaytarishi va boshqa pul muomalalari (xaridlar) uchun banklarga pul topshirishi shart. Demak, bu holatda muomaladagi pul miqdori o‘zgarmaydi. Pul emissiyasi holatida pulni muomalaga chiqarish esa pul umumiy miqdorining ortishiga olib keladi.

Odatda kreditlar, bankdagi bor pul hisobidan beriladi. Bor pul esa – bankning o‘z puli, jalb etilgan manbalar - grant, omonat kabi qarzlardan tashkil topadi. Narxlarning yoki ishlab chiqarishning o‘sishi muomalaga yana pul chiqarish zaruriyatini yuzaga keltiradi.

Emissiyaning o‘sishi esa davlatning tovar muomalasi talabi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu to‘g‘risida aholi oldindan xabardor qilinadi. Misol uchun, jahon tajribasida bir oy yoki bir hafta oldin.

Bunday talablar turlicha bo‘lishi mumkin. Ko‘plab davlatlarda buni byudjetning yirik miqdordagi taqchilligi bilan bog‘lashadi. Quvonarlisi, O‘zbekistonda bunday taqchillik kuzatilgani yo‘q. Yoki tovarlar muomalasining qisqarishi, milliy ishlab chiqarish sur’atlarining tushib ketishi ham sabab bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda, aksincha, milliy ishlab chiqarish kun sayin rivojlanib bormoqda, demakki pul almashadi yoki sinishi haqidagi barcha mish-mishlar asossiz.

Yana bir gap. Pul chiqarishda o‘z-o‘zidan emissiyaviy daromad olish ham nazarda tutiladi. Xususan, o‘rta asrlarda bu jarayon tangalarning buzilishi bilan ham bog‘liq bo‘lgan. Chunki bundan katta daromad olingan. Keyinchalik qog‘oz pullar chiqarilishida ham katta daromad olina boshlagan, ya’ni qog‘oz pullar o‘rniga nominalini o‘zgartirmasdan shunday qiymatli tangalarni zarb etish ham katta daromad keltirgan.

Adham Shodmonov, iqtisodchi ekspert.


Report Page