👍

👍

🌏OLTIARIQ_TV

O‘zbekistonda 500 dan ortiq mahsulotga boj to‘lovlari bekor qilinishi mumkin

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi

O‘zbekiston hukumati 1-maydan boshlab turli ko‘rinishdagi 500 dan ortiq mahsulotga boj to‘lovlarini bekor qilmoqchi. Muhokamaga qo‘yilgan Prezident qarori loyihasi kuchga kirsa, muzlatgich, monitor, telefon, qimmatbaho metallar, banan va shisha kabi mahsulotlarga boj to‘lovi olib tashlanadi.

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi loyihalashtirish boshqarmasi milliy agentligi «Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solish va boj-tarif tartibga solinishini takomillashtirish to‘g‘risida»gi hujjat loyihasini e’lon qildi.

Qaror loyihasida yozilishicha, boj to‘lovlarini belgilash va joriy qilishda yagona yondashuvning yo‘qligi boj tannarxini tushirishga va mamlakatga tovarlarning noqonuniy importi oshishiga olib keladi.

Hukumat davlat budjetiga tushumlarning oshishini ta’minlash maqsadida 1-maydan boshlab yuzlab mahsulotlarning boj to‘lovlari bekor qilmoqchi yoki keskin tushirmoqchi.

Bundan tashqari, 19 dan ortiq mahsulotlarga nisbatan boj to‘lovlarini birn necha barobar tushirish taklif qilingan. Ularning ichiga gazlangan ichimlik suvlari, pivo, vino, sigaret, paxta, idish-tovoq, mashina g‘ildiraklari, plastmassa mahsulotlari, sandiq, ko‘ylak va boshqa mahsulotlar bor.

Shuningdek, traktor va 10 kishidan ortiq avtobus olib kirishga belgilangan boj to‘lovi bekor qilinadi.

Fuqarolar qaror loyihasi bilan tanishib chiqib, 16-aprelgacha o‘z fikr va e’tirozlarini qoldirishi mumkin.

Report Page