Buxoro tumani 33-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2022 –yil 1-aprel kuni “Amir Temur milliy o’zlikni anglash va adolat timsoli” ma…

   Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida Amir Temurning nomi, boy merosi tiklandi. 1996-yil mamlakatimizda Amir Temur yili, deb e'lon qilindi, Sohibqiron tavalludining 660-yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda muhtasham haykallari qad rostladi. Ulug' bobomiz sharafiga orden ta'sis etildi. 2011-yili davlatimiz rahbari so'zboshisi bilan "Temur tuzuklari" mukammal holda, yuksak sifat bilan yangidan chop etildi. 

Bu yil ulug' bobokalonimizning 680-yilligi keng nishonlanmoqda An'anaga ko'ra 9-aprel kuni poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida Sohibqiron tavalludi kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Unda senatorlar, deputatlar, hukumat a'zolari, yozuvchi va shoirlar, olimlar, talaba-yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi raisi Nozim Habibullayev, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali, yuridik fanlar doktori, professor Akmal Saidov, Fransiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jak-Anri Ols va boshqalar Amir Temur shaxsi, buyuk xizmatlari, jahon tarixidagi o'rni qadr topgani, Sohibqiron siymosi O'zbekiston sha'n-shavkati timsoliga aylanganini ta'kidladi. Bu xalqimizni ulug' maqsadlarga safarbar etish, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.


Xalqqa doim mehr-muruvvatli bo'lgan Amir Temur adolat va haqiqat uchun kurashgan, saltanatni ham ana shu mustahkam asosga qurgan. Amir Temur davrida fuqarodan birining uy-imorati buzilib, tuzatishga qurbi yetmasa, darhol kerakli uskunalar yetkazilib, yordam berilgan. Bugun mamlakatimizda kam ta'minlangan oilalarga yordam ko'rsatish, iste'mol kreditlari ajratish keng yo'lga qo'yilgan. Bu bilan qanchadan-qancha ro'zg'orlar butlanib, xalqimiz turmush madaniyati, dunyoqarashi va didi yuksalmoqda. 

Bu boradagi islohotlar Sog'lom ona va bola yilida yanada kengaymoqda. Sog'lom va mustahkam oila qurish, mehnat bilan turmushini obod etish, farzandlarining yorug' kelajagini ta'minlash yurtdoshlarimizning oliy maqsadiga aylangan. 

Shu kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyida "Amir Temur va Temuriylar davridagi ilm-fan va madaniyat rivojining jahon tamaddunidagi o'rni" mavzuida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi. Tadbirda Temuriylar tarixiga oid eng yaxshi tasviriy va publitsistik asarlar tanlovi g'oliblari taqdirlandi. 

Temuriylarga oid durdonalar, nodir qo'lyozmalar, istiqlol yillarida Amir Temur va temuriylar tarixi haqidagi kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. 



IMMBT:    SH. Muqimova 



Report Page