😳

😳

🌏OLTIARIQ_TV

“MMM” moliyaviy piramidasi yaratuvchisi Sergey Mavrodi vafot etdi

Foto: “RIA Novosti”

“MMM” moliyaviy piramidasi yaratuvchisi Sergey Mavrodi 62 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 25-mart kuni u Moskvadagi 67-sonli shifoxonaga joylashtirilgan. Biroq shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, u 26-mart kuni ertalab vafot etgan.

Hozircha bu borada rasmiy tasdiqlangan ma’lumot yo‘q.

Sergey Mavrodi Rossiya tarixida eng ko‘p jabrlanuvchiga ega moliyaviy piramida — “MMM” aksiyadorlik jamiyatining asoschisi hisoblanadi. 2003-yilda Mavrodi katta miqdordagi firibgarlik uchun sudlangan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, piramida oqibatida 10 454 kishi zarar ko‘rgan.

Report Page