00.

00.

t.me/jizpi_online

14-mart kuni Jizzax politexnika instituti Kimyoviy texnologiya fakulteti dekan o'rinbosarlari, tyutorlari, proffessor o'qituvchilari va faol talabalari Jizzax shahridagi Kimyogar mahallasida uyishmagan yoshlar bilan "Xush kelding bahor" shiori ostida uchrashuv tadbiri bo'lib o'tdi, tadbirni mahallada joylashgan 4-sonli maktabning yoshlar bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosari Abdurazoqov Shuhrat Murtozayevich ochib berdi va o'z so'zida uyushmagan yoshlar bilan institut talaba yoshlari o'rtasidagi hamkorlikni mamnuniyat bilan maqullab, tadbir ishtirokchilarini yaqinlashib kelayotgan 21-mart Navroz bayrami bilan tabrikladi. Keyingi so'zni Kimyoviy texnologiya fakukteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari O.Qosimov davom ettirib, mahalladagi uyishmagan yoshlarga institut tomonidan har qancha ijobiy hamkorlik jumladan: ingiliz tili, kimyo, informatika, matematika, fizika va h.z aniq fanlardan to'garaklarni bepul o'rgatish bo'yicha institut rahbaryatining takliflarini aytib o'tdi. So'ngra tadbirning ijodiy qismiga navbat berilib faol talabalar tomonidan she'rxonlik,QVZ va raqslar ijro etildi, tadbir ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi va bu tadbirdan mahalla yoshlari minnatdor bo'ldilar.



Report Page