***

***

t.me/jizpi_Online

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi PQ-92-son qarori hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 24-yanvardagi 30-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash va "Besh muhim tashabbus" doirasida yosh avlodni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish yuzasidan

Institutimizning Energetika va radioelektronika fakultetida "Obod" va "Madaniyat" mahallalarining uyushmagan yoshlari ishtirokida sportning Shaxmat va Shashka turlari bo’yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada Energetika va radioelektronika fakulteti dekani U.Yarlakabov, dekan muovini B.Mamatkulov, Obod mahallasi yoshlar yetakchisi D.Umarov, Madaniyat mahallasi yoshlar yetakchisi D.Yo’lchiboyev va bir qancha uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi. Musobaqani fakultet dekani U.Yarlakabov ochib berdi va musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.

Shunda so’ng, o’yin nizomi va qonun qoidalari tushuntirib o’tildi va musobaqaga start berildi.

Musobaqada umumjamoa hisobida:

🥇Energetika va radioelektronika fakulteti jamoasi I o’rinni,

🥈Obod mahallasi jamoasi II o’rinni,

🥉Madaniyat mahallasi jamoasi III o’rinni qo’lga kiritdi va g’oliblarga fakultet dekani tamonidan I, II va III darajali diplom va sovg’alar topshirildi.

Kelgusida bunday tadbirlarni ko’proq tashkil etish kerakligi, sportning boshqa turlaridan ham musobaqalar o’tkazilishi kerakligi taʼkidlandi.

Report Page