***

***

t.me/jizpi_Online

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 24-yanvardagi 30-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida

Qurilish materiallari muhandisligi fakultetida Besh muhim tashabbusning biri bo‘lgan Yosh­lar­­ni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish maqsadida basketbol, shaxmat va stol tennisi turlari bo‘yicha "Fakultet kubogi" o‘yinlari bo‘lib o'tmoqda.

Bu kabi oʼyin va turnirlarni tashkil qilishdan koʼzlangan maqsad, hozirgi kunda yurtimizning Oliy taʼlim muassasalaridagi talabalarning darsdan boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etishga qaratilgan chora tadbirlar biri boʼlib, ularda sogʼlom turmush tarzini targʻib qilishdir.

Inson hayotda sog‘lom yashashi uchun albatta jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanib turishi zarur. Jismoniy harakatlar inson organizmidagi ish faoliyatini yaxshilabgina qolmay bosh miya faoliyati va qon aylanish sistemasini ham yaxshilaydi. Tana sog‘lom bo‘lsagina, insonning fikrlashi ham yaxshi bo‘ladi. Zero "Sogʼ-tanda, sogʼlom-aql" deydi dono xalqimiz.




Report Page