***

***

 t.me/jizpi_Online

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 24-yanvardagi 30-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida

Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakultetida “Quvnoqlar va zukkolar” tadbiri tashkil etilib, tadbirda fakultetning “Lider” jamoasi oʼzlarining sahna ko’rinishlari bilan ishtirok etdilar.

Lider jamoasi tomonidan qilingan hazillar oddiy, samimiy va yumrga boyligi bilan ajralib, institut talaba-yoshlari tomonidan iliq kutib olindi. 

Shuningdek, ular tayyorlab kelgan sahna koʼrinishlarida ʼʼtalabalar hayotiʼʼ gavdalantirilgan boʼlib, yigʼilganlarning olqishiga sazovor boʻldilar. Lider jamoasi har bir chiqishlarini ko’tarinki ruhda namoyish etdilar. 

Tadbir juda ham qiziqarli va yodda qolarli boʻldi.

Report Page