XAVFSIZ VA TEJAMKOR GAZ USKUNALARI — XOTIRJAM HAYOTIMIZ KAFOLATI

 XAVFSIZ VA TEJAMKOR GAZ USKUNALARI — XOTIRJAM HAYOTIMIZ KAFOLATI


Aholi oʻrtasida is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda tushuntirish va targʻibot ishlarini kuchaytirish maqsadida, turli mutasaddi tashkilotlar xususan, “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali tomonidan ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

 “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali tomonidan turli korxona va tashkilotlarda epidemik vaziyatni hisobga olib karantin qoidalariga toʻliq rioya etgan holda targʻibot ishlari tashkil etilib, soha xodimlari tomonidan energiya tejamkor jihozlarning qulayliklari, yangi gaz gorelka oʻrnatish orqali oylik isteʼmol qilingan gaz uchun xarajatlarning kamayishi haqida maʼlumotlar berildi.

Oʻtgan 2021 yil davomida aholi xonadonlaridagi eskirgan hamda koʻp gaz sarflovchi 18421 ta gaz gorelkali qurilmalari energiya tejamkor gorelkalarga almashtirildi. Ulgurji isteʼmolchilardagi 1762 ta maʼnan eskirgan jihozlarni tejamkorlariga almashtirildi. Shu bilan bir qatorda, joriy yilda tabiiy gazni iqtisod qilish maqsadida, aholi xonadonlaridagi 17565 ta, ulgurji isteʼmolchilardagi 1762 ta, jami 19327 ta maʼnan eski gaz gorelkalari energotejamkor gaz jihozlariga almashtirish belgilangan.

 Tejamkor gaz gorelkalarining afzalligi nimada?  

Avtomat gorelkaning qulayligi – isitish qozonidagi suvni issiqligiga qarab olovni past, baland qilishi, oʻchirishi yoki olov ayrim sabablarga qarab oʻchibqolsa, gaz klapanini 30 soniya ichida avtomatik tarzda yopadi. Oddiy gorelka bilan taqqoslaydigan boʻlsak, oddiy gorelka – gazni oʻzingiz pasaytirasiz yoki baland qilasiz. Avtomat gorelkada esa suv qaynamaydi, suvni issiqligini kerakligi haroratda boʻlishini taʼminlaydi, favqulodda avariya holati boʻlib gaz oʻchsa – gazni oʻchiradi. Eski gorelkalardan foydalanilganda qish mavsumida gaz sarfi 650 kub metrni tashkil etsa, yangi avtomatlashtirilgan gorelkada bu koʻrsatkich 310 kub metrni tashkil etadi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, isitish qozonxonalaridagi gaz gorelkasini avtomatlashtirilgan turiga almashtirilganda gaz sarfini 40 foizgacha kamaytirishi mumkin ekan.

“HududgazToshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati


Report Page