...

...

Jizzax viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi

«Taxtako‘pir» tumani markazida Jizzax viloyati shtabi tashkil etilib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan faoliyat olib borildi. Natijada, viloyat hokimligining har bir xonadonga beg‘araz yordamlar ko‘rsatilishi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatma berildi.

Jizzax viloyatning shahar va tumanlari «Taxtako‘pir» tumanining 17 ta MFY, OFY va PFYlariga biriktirib berildi.

2022-2023-yillarda umumiy qiymati 276,5 mlrd so‘mlik 47 ta investitsiya loyihalari (parrandachilik, asalarichilik, uzumchilik, baliqchilik, chorvachilik, tuyachilik, qurilish materiallari, tekstil va boshqalar) shakllantirilib, 714 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilishi bo‘yicha takliflari ishlab chiqildi va Respublika tijorat banklari bilan ko‘rib chiqilib, ma’qullandi. (Bunda “Temir daftar”ga kiritilgan 128 nafar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 21 nafar ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlanishi ko‘z tutilgan)

Shundan,

Investitsiya loyihalari doirasida umumiy qiymati 273,2 mlrd so‘mlik 25 ta loyihalar hisobiga 628 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratiladi.
Mahallabay ishlash tizimi doirasida umumiy qiymati 3,3 mlrd so‘mlik 22 ta loyihalar hisobiga 86 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratiladi.

Sohalar kesimida:

Ø sanoat yo‘nalishida qiymati 96,3 mlrd so‘mlik 6 ta loyiha hisobiga 262 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi;

Ø xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida qiymati 2,9 mlrd so‘mlik 16 ta loyiha hisobiga 70 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi;

Ø qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida qiymati 177,2 mlrd so‘mlik 25 ta loyiha hisobiga 382 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi

3. Bugungi kunda:

Viloyat hokimligi tomonidan jami 7,6 mlrd.so‘mlik ishlar amalga oshirildi:

Ø   qishloq xo‘jaligida 6 ta ekskavator, 1 ta treyler, 1 ta yoqilg‘i taqsimlash agregati olib kelinib, umumiy qiymati 955 mln. so‘mlik 34,7 km ariqlarda tozalash ishlari olib borildi.


“Beltau” OFYda umumiy qiymati 30 mln. so‘m bo‘lgan “Street Workout” sport maydonchasi qurib bitkazildi.

Bundan tashqari 169 ta xonadonni ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Bugunga qadar 1,1 mlrd.so‘m mablag‘ sarflandi.

Ko‘chalarni obodonlashtirish uchun 357 mln. so‘mlik ishlar amalga oshirildi.

Kam ta’minlangan temir daftar, ayollar daftari va yoshlar daftarida turuvchi 500 dan ortiq fuqarolarga beg‘araz ijtimoiy yordamlar ko‘rsatildi.

Jumladan,

15 ta xonadonga 15 bosh sigir (132 mln.so‘m)
579 ta xonadonga 6870 parranda (416 mln.so‘m)
6 ta mahallaga 28 ta inkubator (153 mln.so‘m)
23 ta xonadonga tikuv mashinasi (80 mln.so‘m)
182 ta xonadonga 363 bosh qo‘y (614 mln.so‘m)
231 ta xonadonga 743 bosh echki (618 mln.so‘m)
20 ta xonadonga 100 ta quyon (25 mln.so‘m)
33 ta xizmat ko‘rsatish obyektlarga (91 mln.so‘m)
5 ta nogironlar aravachasi (9,4 mln.so‘m)
6 ta xonadonga pishiriq uskunasi (33,6 mln.so‘m)


Bundan tashqari 60 ming tup turli (uzum, yong‘oq, manzarali, archa, tut, akatsiya boshqa) daraxt ko‘chatlari olib kelindi.

Shuningdek, 14 ta talabaning 57,7 mln.so‘mlik shartnomalari o‘tkazib berildi.

Aholi salomatligini yaxshilash uchun 60 nafar fuqaroga dam olish maskanlariga yo‘llanmalar berildi.

Maktablarga 250 mln. so‘mlik jihozlar yetkazib berildi. Bog‘chalarga 100 mln.so‘mlik ijtimoiy yordamlar ko‘rsatildi. MFYlarga 22 mln.so‘mlik jihozlar olib berildi.

Yengil konstruksiyali 2 ta xizmat ko‘rsatish shahobchasini qurish uchun 90,6 mln. so‘mlik amaliy ishlar boshlandi.

Shuningdek, aholiga 60 mln. so‘mlik bir martalik yordamlar ko‘rsatildi. Aholi o‘zini o‘zi bandligini ta’minlash uchun 7 ta svarka, 2 ta bolgarka, 4 ta drel, 1 ta karcher, 8,5 mln.so‘mlik qo‘l telefoni, 4 ta muzlatkich, 5 ta kir yuvish mashinasi, 20 mln.so‘mlik gilamlar, 36,6 mln.so‘mlik kompyuter, 26 mln.so‘mlik havo sovutgich va 356 mln. so‘mlik boshqa beg‘araz yordamlar ko‘rsatildi.

Kanalga ulanish: 👇

https://t.me/jizinvest

Report Page