...

...

Kjm

E’LON!!!

Kimyo fani ta’limida yuqori samaradorlikka erishish, o’quvchilarni kimyo faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida litseyning har yilgi (2017-yildan buyon) “Lomonosov” nomli ichki fan olimpiadasi negizida “Al-kimyogar” nomli ochiq olimpiadasi tashkil etilganligini ma’lum qilamiz!

Kimyo faniga qiziquvchi barcha o’quvchi yoshlar diqqatiga:

Fevral oyining 27-sanasida kimyo fanidan JDPI akademik litseyi (Sayiljoy)da “Al-kimyogar” nomidagi ochiq olimpiada bo’lib o’tadi. Bu olimpadaga barcha maktablarning 7-, 8-, 9-, 10- (akademik litseyning I bosqich), 11-sinf (akademik litseyning II bosqich) o’quvchilari qatnashishi mumkin.

Barcha qatnashuvchilar 27-fevral kuni soat 08:30 ga qadar JDPI akademik litseyiga kechikmasdan kelishlari shart.

Olimpiada shartlari:

1-shatr: Nazariy qism (27-fevral)

2-shatr: Test savollari (27-fevral)

3-shart: Laboratoriya ishi (7-mart)

Fan olimpiadasining hamma bosqichlarida barcha sinflardan munosib deb topilgan g’oliblar saralanib, quyidagi tartibda taqdirlanadi:

1-o’rin  uchun – Medal, diplom, esdalik sovg’alari, hamda Samarqand yoki Toshkent shaharlariga sayohat uchun bepul yo’llanma.

2-o’rin uchun – Medal, diplom, esdalik sovg’alari

3-o’rin uchun – Medal, diplom, estalik sovg’alari

Eslatma:

1. Barcha ishtirokchilar alohida setifikat bilan taqdirlanadi.

2. Har bir sinf uchun alohida o’rinlar  (1-, 2-, 3-) taqdirlanadi.

Murojaat uchun tel.:

(88) 437-17-37 (Habiyev Farrux)

(93) 307-30-37 (Abduvayitov Bobur)

Report Page