….

….

https://t.me/jizinvest

Joriy yilning 18-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Hukumat komissiyasining raisi, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning topshirig‘iga muvofiq yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish Jizzax viloyat hokimligi binosida, Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev, Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Baxtiyor Rahimov rahbarligidagi ishchi guruhi Jizzax viloyatida investitsiya loyihalarini ishga tushirish, eksportga yuklash ko‘rsatkichlarini bajarish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda mavjud muammolarni o‘rganish hamda amaliy yordam berish maqsadida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, tuman va shahar hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, shahar va tumanlarning 4 ta sektor rahbarlari, mas’ul idoralar, xo‘jalik birlashmalar, tadbirkorlik subyektlari va tijorat banklari ishtirok etdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad, investitsiya loyihalarini boshqarishning hamda loyihalarni tashabbus qilishning zamonaviy usullarini tashkil etish, amalga oshiriladigan loyihalarning samaradorligini ta’minlash, xalqaro standartlar talablariga muvofiq yuqori malakali va sertifikatlangan milliy loyiha boshqaruvchilarini tayyorlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72–son qarori ijrosini ta’minlashdan iborat.

Uchrashuv kun tartibida, Jizzax viloyatiga kelgan ishchi guruhlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat komissiyasining Jizzax viloyatiga tashriflari doirasida hamda o‘tkazilgan “davra suhbatlari”da berilgan topshiriqlarning bajarilish holati, ko‘rilgan choralar, joriy yilda bajarilishi belgilangan eksport hamda investitsiya ko‘rsatkichlarini so‘zsiz amalga oshirilganligi, investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha yangi tizim (loyiha guruhlari)ni yo‘lga qo‘yish yuzasidan amalda bajarilayotgan ishlar muhomasi bo‘lib o‘tdi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari B.Raximov o‘z nutqida, strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda loyiha boshqaruvi tizimini joriy qilish, ish jarayonlarini muvofiqlashtirib borish, nazorat qilish va monitoringini ta’minlash hamda loyihalarni amalga oshirish natijasida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishini tashkil etish, loyihalarni boshqaruvida yagona tizimli yondashuvni yo‘lga qo‘yish orqali loyihani boshqaruvi ishtirokchilarining (shu jumladan idoralararo) o‘zaro samarali hamkorlikni ta’minlash haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Shu bilan birga, investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha “yangi tizim”ni shahar - tumanlarda yo‘lga qo‘yilishi, xususan loyiha guruhlarining shakllantirilishi va ularning faoliyatini samarali tashkil  etishdagi  masalalar  atroflicha  muhokama  qilindi.

Shuningdek, ishchi guruhlar tomonidan o‘rganish davomida aniqlangan qo‘shimcha masalalar, viloyatda faoliyat yuritayotgan, eksportyor korxonalar, investitsion loyiha egalari, investorlar va boshqa tadbirkorlar muammolari o‘rganilib, ular tomonidan ko‘tarilgan masala va takliflarni ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli mas’ul idoralarga ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasiga viloyatdagi barcha tijorat banklari rahbarlari bilan birgalikda, o‘n kun muddatda, investitsiya Dasturidagi loyihalar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarga kredit mablag‘larini ajratish masalalarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va hal etish choralari ko‘rilishi ta’kidlandi.

Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i, viloyat hokimining o‘rinbosari N.Nurmatov hamda viloyat prokurorining o‘rinbosari S.Ismoilovlar 3 kun muddatda, Respublika darajasida hal etiladigan masalalarni qonuniy hal etish chorasini ko‘rish bo‘yicha Respublika Komissiyasiga takliflar kiritishi hamda natijalari bo‘yicha belgilangan muddatlarda Hukumat komissiyasiga axborot kiritib borishi belgilandi.

Bundan tashqari, viloyatdagi mas’ul korxona va tashkilotlar tomonidan chora-tadbirlar rejasida berilgan vazifalar ijrosi belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash topshirig‘i berildi.

Kanalga ulanish: 👇

https://t.me/jizinvest


Report Page