?

?

Жабборов Х

Kalomingni o'qib qoriya bolgan
Erning moliniyu shanin saqlagan
Dunyooo zinolarga to'lsa boqmagan
Robbim bir soliha nasib et menga

Kelsin iymonimni komil qilgani
Faqat sening uchun meni suygani
U bilan borardim Jannatga sari
Robbim bir soliha nasib et menga

Xursandman birinchi sevmasin meni
Birinchi sevgisi atalsin senga
Hatto o'zidan yaxshi tanisin seni
Robbim bir soliha nasib et menga

To'rt tomon boqarman har taraf zino
Hijolatdan yuzlar boqadi yerga
Bu qalbimga kelsin bo'liblar oro
Robbim bir soliha nasib et menga

Dunyo ishlaridan ko'ngillar bezgan
Qulingman duolar qilaman senga
Sening rizoying deb taqvoda yurgan
Robbim bir soliha nasib et menga

Solih solihalar ko'rmoqlik uchun
Ummatning safin keng qilmoqlik uchun
Jannatinga borib yetmoqlik uchun
Robbim bir soliha nasib et menga


🍁 @Shoirlar_shoiralar_ijodi kanali uchun maxsus 🍁

Report Page