* * *

* * *


Bir odam o'libdi. Narigi dunyoda unga avval jannatni ko'rsatishibdi. Jannatda odamlar yuzida kulgu, hammayoq ko'm-ko'k, ariqlar to'la asal, xullas bir xil holat. Keyin do'zaxni korsatishibdi. U yer xuddi yerdagi hayotga o'xsharmish. Kafe, bar, restoran to'la odam, kim kimnidir turtgan, g'ala-g'ovur, yig'i, har joyda mast-alaslar va shunga o'xshash.

"Qaysi birini tanlaysan, xohish o'zingda" deyishibdi. Odam o'ylabdi. Jannat zerikarli, jannatda abadiy yashash - zulm, do'zax unga ma'qul bo'libdi. Do'zax har holda, yerdagi hayotga o'xshaydi. "Do'zaxga ketaman" deyishi bilan atrofni qorong'ulik bosib, ikkita dev paydo bo'libdi. Devlar uni qo'lidan mahkam ushlab kattaligi dengiz kengligiday qozonga tashlashibdi. Odam qaynoq suv azobidan baqirarmish - yig'larmish. Devlarga ''Sizlarga do'zax menga kerak devdim'' desa, devlar, ''Boyagi ko'rsatganimiz do'zaxning reklamasi edi'' deyishgan ekan...

Kichik boshlanma orqali diniy xato qilgan bo'lsam, uzr. Ammo, bugungi kunda mamlakatimizda xuddi shu sarkazmik hikoyadagidaqa ish olib borilmoqda. Hokimlarning aholini haqorat qilishi va ortidan uzr so'rashi orqali oqlanib ketishi, salkam butun boshli tumanni yuvib ketgan ''Sardoba'' fojeasining shunchaki yopilib ketishi, san'atkorlarning litsenziyasi olib qo'yilishi kunlargagina borishi, svet-gaz masalalarining yillar davomida hal qilinmayotgani, ichimlik suvi tanqisligi, ta'limning samarasizligi, salomatlikni ta'minlashda sarflanayotgan milliardlarning befoydaligi, korrupsiya...

Bu ro'yhatni davom ettirsak ertalabcha nojoiz bo'lgan vaziyatlar davom etaveradi. Xo'sh, byudjet nimaga-yu natija qani?

Lallayib gap-gap bilan bo'lib, hech nimani ochib berilmayotganiga ko'nib ketaversak...

Mashina bor-benzil yo'q!

Quvurlar bor-gaz yo'q!

Nimadir bor, ammo bu nafsiz. Yaqinda talabalar ''proiznoy'' deb ataguvchi narsani ham yo'q qilinilishi, hukumatga bo'lgan kerakli fuqarolik hissimni o'ldirib bitirdi. 

Talaba bo'lish uchun qo'shimcha darsga qatnashga majbur bo'lasan. Palon pul. Qishloqda fabrika yo'q, mol boqib kun o'tqazayotgan oilangdan nimadir kutging kelmay ham ish, ham o'qish yo'lini qilasan. Avval, oliygohga kirish uchun sarflagan pullaring miqdori, talaba bo'lganingdan so'ng o'n barobar ko'pi bilan yo'qotiladi. 

Oliygoh boshqa viloyatda bo'lsa, uy-joy masalasi...

Xususan, Toshkent hech qanaqa non shahri emas! U yer uysiz talabalar mamlakatidek gap. 

Ijara qimmat, stipendiya esa hatto ijaraga yetmaydi. O'qishdan ortib ishlay desang, kelish-ketishini tayini yo'q bo'lgan talaba kimgadir kerak emas. To'rt yilni ishlamasdan o'tqizasan-u, diploming bilan sho'ppayib, ish izlaysan. 

Qiziqarli holatdan biri shuki, sening xohishingdagi ish joylarida ish stajiga ega xodimning kerak bo'lishi...

Bu zaylda o'qishni bitirib, o'z sohasida soqqa topa olmagan fuqaro yoki o'zga sohani tanlaydi yoinki chetga ravona bo'ladi. Mana shu zayilda biz kadrlarni yo'qotib boraveramiz.

Faoliyati bo'lmagan sohada pul bilan kirganlar gashtini surib ishlayveradi. Na taraqqiyotning na ta'limning va na hech narsaning gurkirab ketishiga ko'zing yetmaydigan holat shakllanib boraveradi. Bu men qilgan va ko'rgan hayotiy taassurot. 

Bir kishining gapi ila butun boshli mamlakatda olib borilgan manfaatli ishlarni yo'q qilib yuborib ko'zim ko'r ham bo'lmasin-u, ammo har kim teng huquqli! Va har kim davlat himoyasi ostida. Ehtimolkim,tinch hayotda yashayotganimiz peshanda qilinayotgandir, agar davlat faqatgina tinchlikka dahldor bo'lib, qolgan masalalarni bo'yniga olmas ekan, bizga shuni aytishsin! Biz ham tinchlik uchun boj to'laylikda, qolgan narsalar uchun o'zimiz harakat qilaylik. Biz galstukli poda emasmiz! Shuni biladigan kunimiz kelmadimikin!? Allaqachon tabaqalanish shakllanib bo'ldi. Qishloqdagi hayot yashab bo'lmas holatga o'tdi. Ammo amaldorlarga qiziq emas bu! Xalq manfaati birinch o'rinda turmaydigan yurtni tark etish oson bo'lib qolsa, katta y'oqotishga yuz tutamiz! Mamlakatd har kim boshqarib ketaversa ergashuvchan turdagi mute' xalq qolishi-falokatimiz!

Yoki biz anglab yetaylik, yoki amaldorlar.

Nima bo'lsa ham, yaxshilik bo'lsinda!

Kechagina, shamollagan bo'lishiga


qaramay, ijara, och qolmaslik, oliygoh talablariga kerak bo'lib qolsa pul topa olmay qolsachi deya dori olmasdan, sovuqqina xonada o'z kunini o'zi ko'rishga majbur talabaning ojizona fikrlari bilan tanishdingiz!

Tirikmizku hali!


Preparer: Ozoda Otabekovna

•Company by: Fh Product 2021•

Report Page