* * *

* * *


Bloger aslida kim? Maynavoz yoki mukammal inson?



Bloger


Aslini olganda bloger so'zining ma'nosini bilasizmi?

Bloger atamasi bizning tilimizga qanday kirib kelgan?

Bloger aslida kim?

Biz uchun blogerlikning manfaati bormi?

Bloggerlik...

Kasbmi? Biznes yo'limi? Yoki shunchaki qiziqish?


Bugungi kunda turli davralarda bloger atamasi ko'p ishlatilmoqda?

Ba'zilar blogerlarni bir daho sifatida bilsa, ba'zilar o'zicha ''haqiqatni so'zlovchi mahmadona'' deb biladi!


Aslini olganda ba'zi blogerlar, ehtimol, o'zlarini bloger deb atar ekan, buni to'laqonli tushunib ham yetmas? 

Bloger atamasi-blog so'zining yasalmasidan tashkil topgan. Avval blog so'ziga to'xtalib o'tsak!

Blog atamasi ingliz tilidagi ''web log'' so'zlaridan olingan bo'lib,''internet-jurnal'',''hodisa'',''internet kundalik'' degan ma'nolarda qo'llanilgan.


Bugungi kunga kelib blog atamasi o'z ichida matnli, multimediali va tasviriy ko'rinishdagi kontentni qamrab oluvchi veb saytni anglatmoqda.

Bloglar uchun hech qanday me'zon,qonun-qoidalar yo'q!

Bloger istasa o'z blogini matnli, rasmli, musiqa, video ko'rinishida yaratishi yoinki hammasini bir qolipga jamlab kokteyl tayyorlashi ham mumkin!


B͟l͟o͟g͟g͟e͟r͟-b͟l͟o͟g͟ y͟u͟r͟i͟t͟u͟v͟c͟h͟i͟ s͟h͟a͟x͟s͟.


Tasavvur qiling! Tikuvchi matoni bichadi, tikadi, bezak beradi. Xaridorga yoqadigan ko'rinishga keltirguncha turli toifalardagi faoliyatni o'zi olib boradi va bu mas'uliyat va tayyor mahsulotining mijozga yoqishi, mehnatiga yarasha daromad olishini o'zi ta'minlab beradi.

Bloger ham aynan shunaqa inson.

U ham muallif, ham noshir, ham muharrir, yoinki dasturchi va montajchi vazifalarini ham bir vaqtda bajaradi.

Tayyor material hammaga manzur bo'lishi, uning ketgizgan mehnati va xalqchilligiga bog'liq bo'ladi.


Kimlar bloger bo'la oladi?


Blogerlik uchun qonun-qoidalar yo'q ekan, har qanday shaxs o'z blogini yuritishi mumkin.

Masalan, bog'bon-bog' yuritish sirlarini, pazanda o'z retseptlarini ulashishi mumkin!


J͟u͟r͟n͟a͟l͟i͟s͟t͟&B͟l͟o͟g͟g͟e͟r͟


Hozirgi kunda ayrim vazifasiga ko'ra jurnalist ham bloger ham bir shaxs degan tushuncha ongimizga singib qolgan. Ba'zida jurnalistlarni sariq chaqaga olmay, blogerman degan kishiga qiziqish bildiradiganlar ham yo'q emas. Jurnalist ham bloggermi degan savol, albatta, bo'lsa kerak! Jurnalist blogger bo'lishi mumkin,ammo bloggerlarning hammasi ham jurnalist emas!

Buni quyidagi misolda ko'rib chiqamiz:

Blogpost&Maqola


Maqola-jurnalist tomonidan yoziladi.

Asosan gazeta-jurnallar uchun yaratilib, haqiqiy dalillar,faktlar asosida tayyorlanadi. Hech qanday xatolarsiz,chuqur mulohaza ostida yoritiladi.

Blogpost-blogger tomonidan o'z fikrlarini ulashiladigan har qanday lavhani anglatadi. Blogpost maslahat, tanqid, tahlil, kinoya yo'sinida ham bo'lishi mumkin.

Blogpostlarga o'zingiz fikr bildirishingiz, istasangiz tinglamaslik, qarshi fikr bildirishingiz ham mumkin.

Maqolada xatoga yo'l qo'yish qattiq tanqidlarga sabab bo'ladi. Aslini olganda jurnalist xato qilishi mumkin emas!

Ammo blogerning ba'zi xatolari e'tiborsiz ham bo'lib qoladi.


B͟l͟og͟e͟r͟ j͟a͟v͟o͟b͟g͟a͟r͟m͟i͟?


Bloger o'zi olib chiqqan mavzuning hal qilinishiga javobgar emas!

Uning vazifasi muammoni ochib berish!

Yechimga esa mas'ullar javobgar shaxs bo'laveradi!

Chunki blogger aynan o'sha soha vakili bo'lmasligi mumkin!

Xususan, siz o'z kontentiga ega blogersiz. Ya'ni, kasbingiz shifokor, biroq qiziqishda telegram yoki You Tube tarmog'ida yaratgan kanalingizga bir muammoli vaziyatni yoritib berdingiz ham deylik. Shifokor bu masalada ilm va tajribaga ega emasligi mumkin bo'lganidan, biz ba'zan undan yechimlarni kuta olmaymiz.


D͟e͟m͟a͟k͟ m͟e͟n͟ h͟a͟m͟ b͟l͟o͟g͟e͟r͟m͟a͟n͟m͟i͟?


Facebook,instagram singari turli tarmoqlarda o'z rasmini joylab,like(❤️)lar yig'gan har kim blogger bo'la olmaydi!

Bloger ham bir yo'nalishda ketishi darkor!


O͟'z͟b͟e͟k͟i͟s͟t͟o͟n͟d͟a͟ b͟l͟o͟g͟e͟r͟l͟i͟k͟ f͟a͟q͟a͟t͟ x͟o͟b͟b͟i͟m͟i͟?


Bugungi kunda o'z blogiga ega bo'lgan turli yosh vakillari xobbi ya'ni shunchaki bir qiziqish sifatida telegram va Youtube kanallarida o'z videoroliklari orqali odamlarga shunchaki kayfiyat ulashuvchi bo'lib qolishmoqda xolos!

Tu


rli xil bachkana roliklar, safsatabozlar,o'zini ''qahramon'' bilgan yigit-qizlar qo'shtirnoq ichida bloger bo'lib olishgan.

Aslini olganda ular ham daromad topadi!

Har qanday bloger o'tkir g'oyasi va mukammal yo'nalishiga ega bo'lsa, blog yuritib ham yaxshigina biznes qilishi mumkin.


Haqiqatlarni yoritgan bloger hayoti daxlsizligi ta'minlanganmi?


Avloniy, Cho'lpon, Fitrat singari bobokalonlarimiz haqiqatni so'zlab,o'z jonini fido qilgan.

Bizning mamlakatimizda ham, bizning zamonamizda ham haqiqatni xushlamaydiganlar topiladi.

Bugungi kunda blogerlarga tazyiqlarning kuchayganini yashirish shart emas. Ammo blogerman deb davlatga tosh otadigan, hukumatga qarshi chiqadiganlarni ham yoqlamayman!

Davlat nima bo'lganda ham davlat! Ba'zi erkaklar o'z ayoliga so'zi o'tmayotgan zamonda 35 mln aholining muammolarini hal qilish birgina davlat boshlig'i uchun oddiy ish emas!

Aslini olganda davlatimizda korrupsiya nihoyatda kuchayib bormoqda. Vaholanki, bundan xalq ziyon ko'rishi kundek ravshan, qolaversa, poraxo'rlik urchib yotgan bir paytda adolatli siyosatgacha yo'limizdagi tikanaklar tobora ko'payib ketmoqda...

Ehtimolkim, so'zga chechan, qalami bilan bir qatorda fikrlashi ham kuchli bo'lgan blogerlar bizga kerakdir?!

Hozirgi kunda oz bo'lsada blogerlar uchun imkoniyat yaratilish arafasida)))

Lekin bu degani ozodlik tegdi degani emas!


Ehtiyot shart deymanda!


S͟o͟'n͟g͟s͟o͟'z͟!


Nima desangiz deng, ammo kimgadir fikr bildira olish(aslini olganda fikringiz mukammal va kimgadir yoqadigan bo'lsa),o'z fikriga insonlarni jalb qila olish ham oson ish emas!


Bunga teran fikrlash, qattiq qurollangan tafakkur, mukammal bilim talab qilinadi xolos!


Mashxur bo'lish uchun bloger bo'lish, bachkana lavhalar ila kimlarningdir ko'ziga tashlanish yoinki pul topish ilinjida har xil yolg'on va bo'xtonlarga aralashish(aslini olganda ochilishi kerak bo'lnagan voqea-hodisalarga burningizni suqmaganingiz ham o'zingizga foydali, aytdim qo'ydimda🙊🙈) aqli nokis insonlarning ishi xolos!


Birinchi bo'lishga urining, ammo foydali xolatlardagina!


Preparer: Ozoda Otabekovna

•Company by: Fh Product 2021•

Report Page