...

...

IIB

E ʼ L O N

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bo’sh lavozimlarga malakali nomzodlarni jamlash maqsadida tuman, shahar ichki ishlar organlarining profilaktika inspektori lavozimlariga qabul qilish uchun tanlov eʼlon qiladi.
Tanlovda ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.
Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan fuqarolar joriy yilning 5-yanvar kunidan 15-yanvar kuniga qadar soat 09.00 dan 18.00 gacha Jizzax viloyati IIB ma’muriy binosiga hujjatlarini aslini koʻrsatgan holda murojaat etishlari mumkin:

Fuqarolik pasporti;
Harbiy guvohnoma;
Oliy taʼlim muassasasini yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjat (diplom);
Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joydan belgilangan namunadagi sogʻligʻining holati haqida maʼlumotnoma (boʻy parametri koʻrsatilgan holda).

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar:

- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi;

- oliy maʼlumotli huquqshunos (yurist) mutaxassisligiga ega boʻlishi;

- yoshi 30 yoshgacha (30 yoshdagilar ham)
- boʻyi 165 sm va undan yuqori boʻlishi;
- Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni oʻtagan boʻlishi.
Belgilangan kunlardan (5-yanvardan 15-yanvarga qadar) oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro’yxatiga kiritilmaydi.  

Maʼlumot uchun: 
72-223-94-63, 72-223-96-06.

Manzil: Jizzax shahar, Sayiljoyi MFY, Sayiljoyi koʻchasi, 1-uy.

Report Page