ᅠᅠ

ᅠᅠ

1R.MEDIA
FOTOAPPARATNI KIM IXTIRO QILGAN?
Dunyo tarixida kim birinchi boʻlib fotoapparat nusxasini ixtiro qilgan va ushbu moslamani ishlash uslubini tushuntirib bergan.
Fotoapparatni Iogann Zan ixtiro qilgan deb xisoblansada, aslida bu ixtiro koʻplab shaxslar va xususiy kompaniyalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning natijasidir. Xususan, Jozef Nicefort Nepc, Lui Dager, Alfons Jiru va Jorj Istman takomillashtirilgan fotoapparatlarning yaratilishiga katta hissa qoʻshganlar.
Koʻz optikasi. Al-Xaysam (Alxazen) kashfiyotlari.
Fotoapparatni tarixi XI asrda arab olimi Ibn al-Xaysam qorongʻi xonadagi kichik tuynukdan oʻtgan yorugʻlik ustida oʻtkazgan turli tajribalarni tasvirlab bergan paytdan boshlanadi.
Miya haqidagi ilmiy yutuqlarga koʻz funksiyasi sohasidagi kashfiyotlar tufayli erishilgan. Ushbu kashfiyot arab olimi Ibn al-Xaysamga tegishli boʻlib, u uy qamogʻida boʻlgan vaqtda yorugʻlik nuri toʻgʻrisida mulohaza yuritgan, tajriba va tadqiqotlar oʻtkazgan.
“Koʻrganingga ishon” tushunchasi aynan al-Xaysamga tegishlidir. Oʻrta asrlarda Evropada Alxazen nomi bilan tanilgan matematik, astronom va muhandis al-Xaysam asli Iroqning Basra shahridan boʻlgan.
Ibn al-Xaysam optik va vizual koʻrish prinsipiga katta hissa qoʻshganligi uchun uni koʻpincha “zamonaviy optikaning otasi” deb atashadi.
U Misr poytaxti Qohirada yashagan Fotimidlar xalifasiga Misr uchun hayotiy manba boʻlgan Nil daryosini toʻliq nazorat ostiga olish uchun Asuana mintaqasida toʻgʻon qurish rejasini taklif qilgan.
Ammo, reja mukammal ishlab chiqilmaganligi sababli amalga oshirishni imkoni boʻlmagan. 1011-yilda Ibn al-Xaysam Qohiraga chaqirildi. U Qohiraga kelib Nil singari qudratli daryoni toʻsib qoʻyishni amalga oshirish uchun uning muhandislik bilimi kamligini tushundi. Vaziyatdan chiqish va xalifaning gʻazabiga duchor boʻlmaslik uchun Ibn al-Xaysam oʻzini aqldan ozgan odamdek koʻrsatishga qaror qildi. Xalifa uni uy qamogʻiga oldi. Olim oʻn yillik uy qamogʻi jazosiga mahkum etildi.
Optika haqida kitob.
Misrda uy qamogʻida boʻlganida Ibn al-Xaysam ilmiy ish va tadqiqotlar olib bordi. Uning tadqiqotlari natijasi Kitab al-Manazir (“Optika haqida”) kitobida toʻliq bayon etilgan.
Ibn al-Xaysam ushbu kitobda yorugʻlik nurlari faqat toʻgʻri chiziqli boʻlishini isbotlash uchun ilmiy tajribalarni qanday olib borganligi haqida hikoya qiladi. U truba orqali uzoqda yonib shamdan tushayotgan yorugʻlikni kuzatgan.
Shu tariqa yorugʻlik nuri bizning koʻzimizga faqat toʻgʻri chiziq boʻylab tushishi toʻgʻrisida birinchi dalillar qoʻlga kiritildi.
Uning tadqiqotlari, koʻrish haqidagi ilgari mavjud boʻlgan nazariyani rad etib, koʻz obyektlar yoki narsalarga hech qanday nur yubormasligini isbotlab berdi.
Aksincha, obyektlar yorugʻlik nurlarini turli yoʻnalishlarda aks ettiradi. Yorugʻlik harakati yoʻllari esa oddiy geometrik qonunlarga boʻysunadi va inson koʻziga ushbu oqimning ozgina qismi tushadi.
Ibn al-Xaysamning xulosasiga koʻra, koʻz oʻzini xuddi devorning kichik teshigidan tushadigan nur, yaʼni “qorongʻi xona” tushunchasi kabi tutadi. Ushbu yorugʻlik nurlari obyektning teskari tasvirini xonaning devoriga tushiradi.
Ushbu tasvir koʻz qorachigʻiga yorugʻlik boʻlib tushib, obyektning teskari tasviri insonning koʻzida takrorlanadi. Ibn al-Xaysamning u xulosasi fanning rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi.
ILMIY USLUB
Ibn al-Xaysam tarixda birinchi boʻlib oʻz gʻoyalarini sinab koʻrish uchun chinakam ilmiy tajribalarni amalga oshirgan olim boʻlgan. Bundan tashqari, u oʻzining tadqiqotlari va tajribalarini aniq hisoblab chiqish uchun matematiklarni jalb qilgan.
Ilmiy izlanishlarni olib borishning bunday uslubining odatiy amaliyotga aylanishi uchun 600-yildan koʻproq vaqt kerak boʻldi.
FOTOAPPARAT TARIXINING KEYINGI IXTIROLAR
1685-yil: Iogann Zan birinchi koʻchma fotoapparat ishlab chiqargan.
Iogann Zan koʻzgu-refleks mexanizmiga ega boʻlgan qoʻlda ishlaydigan asbobni yaratgan, keyinchalik undan fotoapparat yaratishda foydalangan.
U uzunligi 48 santimetr boʻlgan koʻplab fotoapparat yaratgan. Shuningdek, u tasvirlarni kattalashtirish, fokuslash va toʻgʻrilash uchun linzalar va oynalardan foydalangan.
Keyingi 130-yil ichida fotoapparat yaratish boʻyicha katta yutuqlarga erishilmagan. Fotoapparatlarni yaratish uchun koʻp urinishlar va usullar samarasiz boʻlgan.
1825-yil: Jozef Nisefor Neps birinchi boʻlib fotosurat olgan.
1816-yildan boshlab Fransuz ixtirochisi Jozef Nisefor Neps fotoapparat bilan tasvirga tushirish sifatini yaxshilash boʻyicha tajribalar olib borgan. Faqatgina 1825-yilda yogʻochdan yasalgan quti shaklidagi fotoapparat yordamida birinchi fotosurat olgan.
U oʻzining birinchi fotosuratida oʻz uyi derazasidan Le Gra shahri koʻrinishi aks ettirilgan. Tasvirni qogʻozda tushirish uchun deyarli 8 soat vaqt ketgan, ammo qogʻozdagi fotosurat vaqt oʻtishi bilan qorayib ketgan. Neps ushbu 8 soatlik jarayonni “geliografiya” deb atagan.
Jozef Nisefor Neps fotosurat ixtirochisi hisoblanadi.
1837-yil: Lui Dager amaliy fotografiyani ixtiro qildi.
Yana bir Fransiyalik ixtirochi Lui Dager, Jozef Nisefor Neps bilan hamkorlikda geliografiyani takomillashtirish boʻyicha amaliy ishlar qilgan. Ularning ikkalasi ham geliografiyadagi kontrastni yaxshilash uchun turli xil kimyoviy moddalar bilan tajriba oʻtkazganlar.
Garchi hamkorlik 1833-yilda Nepsning vafoti tufayli nihoyasiga yetgan boʻlsada. Dagerning oʻzi tajribalarni davom ettirib aniq va yuqori kontrastli tasvirni yaratishga muvaffaq boʻlgan.
U oʻz tajribalarni davom ettirib, fotosuratlarni chop etishda oddiy shoʻr eritmadan foydalangan. Ushbu jarayon “Dagerotipiya” deb nomlanadi. 1839-yilda Lui Dager ushbu ixtironi ommaga eʼlon qildi, ammo u oʻz ixtirosini tijoratlashtira olmadi. Bir necha yil oʻtgach, Fransiya hukumati omma oldida rasman eʼlon qilish uchun “Dagerotipiya” jarayonini sotib oldi.
Bugungi kunda Lui Dager Dagerotipiya jarayonini ixtirochisi va “fotosuratga olish otalaridan” biri sifatida tanilgan.
1839-yil: Alfons Jiru birinchi fotoapparat ishlab chiqargan.
Alfons Jiru Lui Dager bilan shartnoma tuzib Fransiyada ommaviy ravishda fotoapparat ishlab chiqarishni boshlagan.
Ishlab chiqarilgan fotoapparatdan bitta surat chiqarish uchun 5 minutdan 30 minutgacha vaqt sarflagan. Har bir qurilma (qoʻshimcha jihozlari bilan) 400 frankga baholangan.
Dager fotoapparatlari bozorga chiqqandan koʻp oʻtmay, koʻplab kompaniyalar fotoapparatlarning yaxshilangan versiyalarini ishlab chiqara boshladilar. Masalan, 1841-yilda Sharl-Lui Shevale fotoapparatni yana-da takomillashtirilgan rusumini ishlab chiqarishni boshladi.
1851-yilga kelib, amerikaliklar uchta turdagi fotoapparatlar ishlab chiqarganlar: Lyuis tipidagi fotoapparat, Boston qutisi va qiyshiq qutilik fotoapparat.
Keyingi oʻttiz yil davomida tasvirga olishda yana-da sezgir va yuqori sifatli materiallardan foydalanildi.
1889-yil: Jorj Istmen fotosurat olishda gʻaltaklik plenkalardan foydalanishni ixtiro qilgan.
Amerikalik tadbirkor Jorj Istmen 1885-yilda gʻaltaklik plyonka ishlab chiqara boshladi. Fotosurat plyonkasi gʻaltakka oʻralgan boʻlib, qogʻoz bilan oʻralib oq nurdan himoyalangan. 1888-yilda gʻaltaklik plenka kinoplenkani ixtirosida hal qiluvchi rol oʻynagan.
Istmenning Kodak deb nomlangan birinchi fotoapparati 1888-yilda sotuvga chiqarilgan va tez orada koʻplab mijozlarni jalb qilgan.
Keyinchalik Istmen yana-da takomillashtirilgan va uncha qimmat boʻlmagan Brownie deb nomlangan yana bir fotoapparatini ishlab chiqardi.
1948-yil: Edvin Gerbert Lend “Tezkor suratga olish fotoapparati” ni ixtiro qildi.
Amerikalik olim va ixtirochi Edvin Gerbert Lend bir zumda fotosurat olish fotoapparatini ixtiro qilgan. 1960-yillarga kelib uning Polaroid Corporation kompaniyasi fotoapparatlarning oʻnlab modellarni ishlab chiqardi. Bunday modellardan biri 20 Swinger (1965-yilda ishlab chiqarilgan) boʻlib, u hali ham barcha davrlarning eng koʻp sotilgan fotoapparatlaridan biri hisoblanadi.
1975-yil: Stiven Sasson birinchi raqamli fotoapparat ixtiro qildi.
Stiven Sasson Jorj Istmenning Eastman Kodak kompaniyasida ishlayotgan vaqtda raqamli fotoapparatini ixtiro qildi. Moslamaning vazni 3,6 kilogramm edi. Uning yordamida qora-oq rangda fotosuratlarni chop etish mumkin edi. Surat chiqarishning umumiy jarayoni 23 soniya davom etar edi.
Sassonning ushbu ixtirosi mexanik harakatlanuvchi qismlarga ega boʻlmagan fotoapparatlar uchun yangi imkoniyatlar ochib berdi (garchi uning fotoapparatidagi lentani saqlash qurilmasida harakatlanuvchi komponentlar mavjud edi).
Oʻshandan beri koʻplab kompaniyalar (shu jumladan Sony, Canon, Nikon, Panasonic, Philips) tasvir sifatini yaxshilash uchun zamonaviy texnika va usullarni ishlab chiqishda ishtirok etmoqdalar.
1999-yilda Yaponiyaning elektronika ishlab chiqaruvchi Kyocera kompaniyasi birinchi boʻlib fotoapparat oʻrnatilgan telefon taqdim etdi. U 0,1 megapiksellik old kamera boʻlib 20 tagacha JPEG fotosuratni xotirasida saqlashi mumkin boʻlgan. Bir yil oʻtgach, Samsung SCH-V200 rusumli 0,3-megapiksellik va JK-displeyli telefon taqdim etdi.
Manba: sitekid.runew-science.ru
Al-Xaysam Rus tilida
Al-Xaysam Inglis tilida


Report Page