ᅠᅠ

ᅠᅠ

1R.MEDIA
RENTGEN (1845-1923)
RENTGEN (Rontgen) Vilgelm Konrad (1845.27.3, Lennep, Dyusseldorf yaqinida — 1923.10.2, Myunxen) — nemis fizigi. Syurixdagi (Shveysariya) Oliy texnika maktabida oʻqigan (1865 — 68). 1897-yildan boshlab u kristallarning pyezoelektr va piroelektr xususiyatlarini oʻrgangan, kristallardagi elektr va optik hodisalarning oʻzaro bogʻliqligini aniqlagan. Rentgenning magnetizm boʻyicha tadqiqotlari X. A. Lorens elektron nazariyasining vujudga kelishida katta ahamiyatga ega boʻlgan.
Vilgelmning tasodifiy kashfiyotini olimning hayotini tubdan oʻzgartirdi. Fizik katod naychalari bilan tajriba oʻtkazdi va katod nurlari toʻqnashuvi joyida nomaʼlum nurlanish tarqalishini payqadi.
Birinchi rentgen nurlarini fizik oʻz kabinetida oldi: rentgen nurlari doʻsti doktor Kyollikerning qoʻl surati muhrladi va bir zumda butun dunyoga tarqalib ketdi. Ushbu voqea ilmiy jamoatchilikni hayratga soldi. Sanoat firmalari vakillari ixtironi sotish iltimosi bilan bir necha bor Rentgenga murojaat qilishgan. Lekin olim ixtirosini tibbiyotga beminnat xizmati uchun ishlatgan.
Kashfiyot uchun Vilgelm Konrad Rentgen 1901-yilda fizika boʻyicha dastlabki Nobel mukofotiga sazovor boʻldi.
Tabiatan juda kamtar odam boʻlgan Vilgelm Rentgenning oʻzi bu nurni shunchaki “x-nur” deb nomlagan boʻlsa-da, boshqa olimlar va nufuzli ilmiy jurnallar keyinchalik uni olim sharafiga atay boshladi. Shu tariqa bugungi kunda tibbiyot, bojxona, metallurgiya va zargarlik sohalarida sifat nazorati va boshqa koʻplab sohalarda benazir yordamchi boʻlgan rentgen kashf qilingan edi.
Ayniqsa travmatologiyada hamda koʻkrak qafasi aʼzolari diagnostikasida va umuman tibbiy vizualizatsiya sohasida rentgen nurlarining ahamiyati beqiyos. Bu orqali vaqtida tashxis qoʻyilgan necha-necha odamlar hayoti saqlab qolingan va saqlab qolinmoqda.
Tayyorladi: Imomov Xurshid

Report Page